Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning murojaatlar uc | Oybek blogi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning murojaatlar uchun ochilgan telegram boti bor ekan. Avvaliga ishonmadim, har bir xabarni koʻrib chiqishlariga shubhalandim. Keyin, nima boʻlsa boʻlar dedimu boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan qisqa murojaatimni yoʻlladim. Oradan 3 kun vaqt oʻtgach Jomboy tumani Aholi Bandligiga Koʻmaklashish Markazidan qoʻngʻiroq qilishdi. Yanvar oyidagi boʻsh ish oʻrinlari roʻyxati bilan tanishtirishdi. Toʻgʻrisi, kutmadan edim.

Nima demoqchiman, demak, sistema ishlayapti. Ma'lumot uchun Erkinjon Turdimov hozirda qisqa muddatli mehnat ta'tilida.

@oybekmamarasul