Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Xalqaro Universiteti

Telegram kanalining logotibi oxu_uz — Osiyo Xalqaro Universiteti O
Telegram kanalining logotibi oxu_uz — Osiyo Xalqaro Universiteti
Kanal manzili: @oxu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.20K
Kanalning ta’rifi

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet
📌Bakalavr va Magistratura
📌27 ta Yo’nalish
📍Zamonaviy infrastruktura
📘Davlat Diplomi
998 55 305 00 09
www.oxu.uz
www.qabul.oxu.uz
Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi)
№ 047757
https://bit.ly/4deX3FJ

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-20 10:04:56
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qildi.
13.7K views07:04
Ochish/sharhlash
2022-12-20 07:21:16
Talabalar topshirishi kerak bo'lgan hujjatlar

O'qishga qabul qilingan talabalar universitetning Talabalar bo'limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so'raladi.

— Diplom/Attestat asl nusxasi
— Rasm 3x4 (6 ta)
— Passport kopiya 4 ta
— Ota-Ona passport kopiyasi 1 tadan
— Fayl Papka (ipli)

Shartnoma bo'yicha savollar va murojaatlar quyidagi raqamlarda qabul qilinadi:

+998 33 395 00 09
+998 33 557 00 09
9.7K views04:21
Ochish/sharhlash
2022-12-19 18:02:15
Imtihon jarayonidan fotolavhalar bilan tanishing

Kecha, 18-dekabr sanasida oliygohimizda kirish imtihonlari bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.

Katta tayyorgarlikda o'tgan imtihonda ko'plab talaba bo'lish istagidagi abituriyentlar qatnashdilar. Jarayonlar ancha qizg'in va yuqori haroratda bo'lib o'tdi.

Bugun ham an'anamizga muvofiq jarayondan fotolavhalarni sizlarga taqdim etamiz. Talabalik baxtiga erishgan yoshlarimizni chin yurakdan qutlab qolamiz.

Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani
9.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-12-19 15:00:36
18-dekabrdagi imtihon natijalarini e'lon qilamiz

Natijalarni quyidagi pdf fayl orqali ko'rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 60 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan hisoblanadi.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan ertaga soat 9:00 dan boshlab universitetning Talabalar bilan ishlash bo‘limidan o‘z shartnoma qog'ozlarini oflayn yoki onlayn tarzda (telegram bot orqali) olib, shartnoma to‘lovlarini amalga oshirishlarini va hujjatlarni topshirishlarini so'raymiz.

Shartnoma bo'yicha murojaatlar uchun:
+998 33 395 00 09
+998 33 557 00 09
8.7K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2022-12-17 13:00:40
Xodimlar va talabalar yutug'i – Universitetimiz faxridir!

Bilim olish uchun qilingan harakat va mehnat albatta o'z natijasini ko'rsatadi.

Bunga yaqqol misol, Osiyo Xalqaro Universiteti dasturchisi Toxirov Umrzoq Respublika bo'yicha o'tkazilgan Kiber Xavfsizlik musobaqasida faxrli birinchi o'rinni egalladi

Bu, shubhasiz, Universitetimiz uchun katta yutuq va faxrdir! Va ishonib aytamizki, kuchli mutaxassislarimiz qo'l ostida talabalarimiz ham bunday yutuqlarni bardavom qilishadi

Siz ham o'z oldingizga katta maqsadlar qo'yib, yuqori sifatli ta'lim tarafdori bo'lsangiz – Osiyo Xalqaro Universiteti siz uchun eng to'g'ri manzil!
10.0K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-12-17 09:21:06
Siz tayyormisiz

Xabar berganimizdek, ertaga 18-dekabr navbatdagi kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.

Shu kungacha minglab abituriyentlar ro'yxatdan o'tishdi va imtihonlarga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Sizchi, ro'yxatdan o'tishga ulgurdingizmi?

Talaba bo'lish imkoniyatingizning bugun oxirgi kuni. Shoshiling, hoziroq ro'yxatdan o'ting va ertangi kirish imtihonida qatnashing.

Eslatma: qabul 18:00 da yopiladi

Ro'yxatdan o'tish uchun:
www.qabul.oxu.uz

Batafsil ma'lumot uchun:
+998712050009
9.5K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-12-15 12:01:01
Buxoro — qadim madaniyat va ilm-fan o'chog'i

Yurtimizning uzoq tarixga ega bo'lmish Buxoroyi sharifi o'z taraqqiyoti bilan butun yer yuzining e'tiborini tortgani barchamizga ma'lum.

Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Naqshbandiy, G'ijduvoniy kabi buyuk allomalarning ham aynan shu shaharda tug'ilib-o'sgani ham bejizga emas. Ushbu buyuk shaxslar yaratgan oltinga teng asarlar, xususan, "Tib qonunlari", "Sahihi Buxoriy"lar hali-hanuz butun dunyoning ilm dargohlarida qo'llanma sifatida foydalaniladi

Ha, bizning Buxoromiz ana shunday ilm-fanga, sir-asrorlarga, kashfiyotlarga boy maskan!

Va bilasizmi, sizda ham aynan shu yerda – Buxoroda ta'lim olish imkoniyati bor! Balki olimlarimiz, kashfiyotchilarimiz soni siz tufayli yana bittaga ko'payar.

Osiyo Xalqaro Universitetida: Davolash ishi, Farmatsevtika, Stomatologiya yo'nalishlaridan birini tanlang va tahsil oling

Tib ilmini haqiqiy ILMLAR shahrida o'rganing!

Buning uchun 18-dekabrda bo'lib o'tadigan kirish imtihoniga ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
www.qabul.oxu.uz

Batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning:
+998712050009
11.2K views09:01
Ochish/sharhlash