Get Mystery Box with random crypto!

Imtiyozlaringiz bilan talaba bo'ling Osiyo Xalqaro Universi | Osiyo Xalqaro Universiteti

Imtiyozlaringiz bilan talaba bo'ling

Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga qanday imtiyozlar beradi? Hozir ushbu savolga javob berib o'tamiz.

Quyida universitet talabasi bo'lish uchun turli imtiyozlarni taqdim etuvchi mezonlar bilan batafsil bo'lishamiz:

IELTS imtihonidan 5.5+ sertifikatga ega abituriyentlar "Ingliz tili va adabiyoti" yo'nalishiga imtihonsiz qabul qilinadi boshqa yo'nalishlar uchun qo'shimcha ball qo'shib beriladi.

Harbiy imtiyozlarga ega bo'lgan abituriyentlarga qo'shimcha ball beriladi

Respublika bo'yicha fan olimpiadalarda o'rin olgan abituriyentlarga o'z yo'nalishlari bo'yicha qo'shimcha ball beriladi.

Sport bo'yicha O'zbekiston, Osiyo hamda Jahon chempionati sovrindorlari esa "Jismoniy madaniyat" yo'nalishiga imtihonsiz qabul qilinadi!

Agar yuqorida ko'rsatilgan natijalarning biriga ega bo'lsangiz sizda Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat bor. Bu imkoniyatlaringizdan unumli foydalaning!

Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Manzil: Buxoro shahar, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko'chasi, 74-uy

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook