Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Xalqaro Universiteti guruh sardorlari mukofotlandilar! | Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universiteti guruh sardorlari mukofotlandilar!

Universitetimizning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan aprel oyi guruhlarining guruh sardorlari orasida darslarda doimiy faol qatnashib kelgan va fanlarni o'zlashtirishi namunali bo'lgan, guruh davomati ko’rsatkichi yuqori bo’lgan, guruh talabalarining muammolari hamda murojaatlari bilan shug’ullanib, guruhni ilgari yetaklayotgan sardorlarimiz kurs yakuni bo’yicha bir martalik ragbatlantirishga munosib ko'rilib, sertifikatlarni qabul qilib olishdi.

Ijtimoiy yo’nalishdagi jami 59 ta guruh sardorlari pul mukofoti sertifikatlariga loyiq ko'rilib munosib taqdirlanishdi. Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab kelgusida ham ulardan shunday faollikni kutib qolamiz.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook