Get Mystery Box with random crypto!

Bu orada Jandda Saljuqbey vafot etdi. Uning o’rnida oila boshi | Ostonov Minbari

Bu orada Jandda Saljuqbey vafot etdi. Uning o’rnida oila boshiga aylangan Arslon Yabg’uning asirga tushishi sababidan To’g’rul Bey oilaning boshlig’iga aylandi. Asosan, ko’chmanchi tarzda hayot kechirgan turkmanlar o’zlariga yangi bir yurt topish uchun Saljuqbey boshchiligida Xurosonga ko’chdilar. Xuroson bu paytda G’aznaviylar tasarrufida edi. Dastlab, bir yashash joyi istab kelgan ko’chmanchi turkmanlar To’g’rul bey va ukasi Chag’ri Beylar boshchiligida Marv, Nishopur shaharlarini egalladilar. Bir necha marta Buxoro va Balxga ham hujumlar uyushtirishdi. 1038-yilda To’g’rul Bey o’zini Nishopurda sulton deb e’lon qildi. Bu orada G’aznaviylar bilan o’rtadagi hal qiluvchi jang bo’lishi kutilayotgan edi. Bu Dandanakon jangi edi. G’aznaviy hukmdor Sulton Ma’sud esa, Saljuqiylarni bir yoqlik qilish niyatida edi.

1040-yilning 24-may kuni Marv va Sarxs oralig’idagi Dandankon qal’asi yonida ikki qo’shin to’qnashdi. G’aznaviylar qal’aga qarab yurganda, saljuqiylar qo’shini hujumga o’tdi. G’aznalilar qo’shinidan bir qismi Saljuqiylarga kelib qo’shildi. Bu orada ruhiyati tushgan qo’shin zarbalarga dosh berolmadi va chekinishga tushib ketdi. Sulton Ma’sud esa 100 suvoriysi bilan amallab G’aznaga yetib oladi.

Mazkur jang tarixda G’aznaviylarning inqirozi va Buyuk Saljuqiylar imperiyasining qurilishi sifatida qoldi. Keyinchalik, ular Malikshoh zamonida Malazgirtda 1071-yilda Vizantiya imperatori qo’shinini mag’lub etdilar va turklarga Onado’li eshiklarini ochdilar.

@ostonovminbari