Get Mystery Box with random crypto!

Orifjonov Kimyo | Mega DTM-Variant 2023-2024

Telegram kanalining logotibi orifjonov_kimyo — Orifjonov Kimyo | Mega DTM-Variant 2023-2024 O
Telegram kanalining logotibi orifjonov_kimyo — Orifjonov Kimyo | Mega DTM-Variant 2023-2024
Kanal manzili: @orifjonov_kimyo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.52K
Kanalning ta’rifi

Ochildi: 2022 Fevral
✏Kanalimiz orqali kimyoni no'ldan oxirigacha bepul o'rganib boring
1⃣ Mega Kimyo
2⃣ DTM
3⃣ Optima
4⃣ Variant
5⃣ Milliy sertifikat
Barchasi bu yerda🕵 @Kimyo_mukammal_bot
Reklamalar uchun @orifjonov_shohrux

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-04-05 13:29:10 Qo'llanma

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.9K views12 Saidjamol Teacher , 10:29
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:26:27 Bog'lanish mavzusidan mukkammal qo'llama
Chemic_uz

Kanalga ulanish:
@Orifjonov_kimyo
1.8K views12 Saidjamol Teacher , 10:26
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:26:00 KVANT SONLAR !

Kvant sonlar elektronning fazodagi joyini belgilab beradi. Atomdagi har bir elektronning 4 ta kvant soni mavjud .

-- Bosh kvant soni --  n-- elektronning yadrodan qanchalik uzoqda joylashganini bildiradi. Ya'ni elektron nechanchi pog'onada ekenligini .

-- Orbital kvant soni-- l -- elektron bulutining shaklini bildiradi . Bu esa pog'onachasini aniqlaydi.
Hozirda 4 ta orbital mavjud bo'lib ular  quyidagicha raqamlangan :

  s --  0  ,  p -- 1 ,  d -- 2 , f -- 3

-- Magnit kvant soni-- m1 -- elektron bulutining fazodagi yo'nalishini bildiradi va elektron pog'onachaning qaysi yacheykasida (katakcha) joylashganligini bildiradi .

-- Spin kvant soni -- ms-- elektronning o'zi o'qi atrofida aylanish yo'nalishini bildiradi . Elektronning xususiy holatini belgilab beradi .

  Pauli prinsipi -- bitta atom yoki ion tarkibida barcha to'rtala kvant sonlari ham bir xil bo'lgan ikkita elektron yo'q.

Hund qoidasi -- elektronlar spin kvant sonlari yig'indisi maksimal bo'lishiga intiladi.

  Klechkovskiy qoidasi-- (minimal energiya prinsipi ) -- elektron orbitallarning elektronlar bilan to'lib borish ketma - ketligi ularning bosh va orbital kvang sonlari yig'indisi ( m + l) qiymati ortib borish tartibida bo'ladi. Agar bir nechta orbital uchun (n + l) qiymatlari yig'indisi bir xil bo'lsa , bunda elektronlar bosh kvant soni kichik bo'lgan orbitaldan boshlab to'la boshlaydi.

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.8K views12 Saidjamol Teacher , 10:26
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:12:36 Kimyoviy bog'

Kimyoviy bog‘ — ikki yoki undan ortiq atomlarning o‘zaro ta’sirlashuvi bo‘lib, bunda kimyoviy barqaror ikki yoki ko‘p atomli sistemalar (Masalan: molekula yoki kristall) vujudga keladi.

Bog‘ yo‘nalganligi — molekulaning fazoviy strukturasini, shaklini belgilaydi.

Bog‘ qutbliligi — bog‘ o‘qi atrofida umumiy elektron juftining taqsimlanishi asimmetriyasi bilan belgilanadi.

Bog‘ karraligi — atomlarni bog‘lab turuvchi elektron juftlar soni bilan aniqlanadi.

Bog‘ uzunligi — atom yadrolari orasidagi masofaning muvozanat holati (nm larda o‘lchanadi).

Bog‘ energiyasi — bog‘ni uzish uchun bajariladigan ishga teng (kJ/mol larda o‘lchanadi).

@ORIFJONOV_KIMYO
1.8K views12 Saidjamol Teacher , 10:12
Ochish/sharhlash
2023-04-05 06:43:27
#VideoDars
Ozon kislorod aralashmasiga doir testlar tahlili, namunaviy masala yechimlari
Manba



Barcha turdagi video darslar
Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
kerakli
https://t.me/Orifjonov_Kimyo/2343
437 views12 Saidjamol Teacher , 03:43
Ochish/sharhlash
2023-04-05 06:04:44
Eng muhim oksidlovchi va qaytaruvchilar
@Orifjonov_kimyo
699 viewsOrifjonov , edited  03:04
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:36:28 Reaksiyalar turlari

Gidratlanish - suvni biriktirib olish reaksiyasi.

Digidratlanish - suv ajralib chiqish reaksiyasi.

Gidrogenlanish - vodorodni biriktirib olish reaksiyasi.

Degidrogenlanish - vodorod ajralib chiqarish reaksiyasi.

Neytrallanish - asos bilan kislota ta'sirida tuz va suv hosil bo'ladigan reaksiyalar.

Eterifikatsiya- Murakkab efirlar hosil bo‘lish reaksiyasi

Piroliz(olov)- Qizdirib moddalarni parchalash

Elektroliz- Elektr toki yordamida parchalash

Gidroliz- Suv ta'sirida moddalarni parchalash

Solvoliz- Suvdan boshqa moddalar yordamida parchalash

Termik reaksiya- Issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan boradigan jarayon

KANALGA ULANISH:
@ORIFJONOV_KIMYO
2.0K viewsOrifjonov , 16:36
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:33:52 KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI.

  KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI  bu  reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molyar konsentratsiyalari vaqt birligi ichida o'zgarishidir.

Reaksiya tezliklari turli xil sodir bo'ladi.Harorat yuqori bo'lsa tez, sovuqda sekin.Ayrim reaksiyalar bor ular juda tez soniyalarda bo'ladi, ayrimlari esa soatlab, kunlab, hattoki yillab ham vaqt ketadi.

Sistema bu moddalarning yig'indisidir.Demak, sistemlar 2 xil bo'ladi.1.Gomogen.2 Geterogen.
Gomogen sistema bir xil fazadan tashkil topadi. (M-n: Gazlar, chin eritmalar va h.k.)
Geterogen sistema har xil fazadan tashkil topadi.(Dag'al dispers sistma, turli xil aralashmalar.)

Gomogen sistemada reaksiyada butun hajmi bo'yicha ketadi, tushunarli tilda aytsak, reaksiyada moddalarni barcha qismi qatnashadi.To'liq. M-n:
Na2S2O3+H2SO4=Na2SO4+S+SO2+H2O.
Bunda eritma loyqalanadi.
Geterogen sistemada esa teskarisi.Fazani ma'lum bir qismida boradi.
Fe+H2SO4=FeSO4+H2

  Ma'lum bir vaqt oralig'ida m-n t2-t1  olingan reaksiya tezligiga o'rtacha tezligi deyiladi.
U "V" harfi bilan belgilanadi.

           C2-C1
  V=    -------------
            t2-t1

C2-C1 => konsentratsiyalari o'zgarishi.
t2-t1 => vaqtni o'zgarishi.

∆ bu belgi o'zgarishni beradi.(farq)

C2-C1=∆C desak.
t2-t1=∆t

Qisqa fo'rmulasi quyidagicha bo'ladi.

      ∆C
V=---------
       ∆t

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.7K viewsOrifjonov , 16:33
Ochish/sharhlash
2023-04-04 18:55:52
Kristal panjara turlari

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.8K viewsOrifjonov , 15:55
Ochish/sharhlash
2023-04-04 18:51:17 Kimyodan eng muhim malumotnoma

Kanalga ulanish: @Orifjonov_Kimyo
1.7K viewsOrifjonov , 15:51
Ochish/sharhlash