Get Mystery Box with random crypto!

Orifjonov Kimyo | Mega Sertifikat 2023-2024

Telegram kanalining logotibi orifjonov_kimyo — Orifjonov Kimyo | Mega Sertifikat 2023-2024 O
Telegram kanalining logotibi orifjonov_kimyo — Orifjonov Kimyo | Mega Sertifikat 2023-2024
Kanal manzili: @orifjonov_kimyo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.78K
Kanalning ta’rifi

Ochildi: 2022 Fevral
✏Kanalimiz orqali kimyoni no'ldan oxirigacha bepul o'rganib boring.
1⃣MEGA_KIMYO
2⃣DTM
3⃣OPTIMA
4⃣VARIANT
5⃣MILLIY_SERTIFIKAT
To'plamlar yechimi tashlab boriladi✅
Guruh: @kimyo_dtm_tahlili_masala_yechish
Admin: @orifjonov_shohrux

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 51

2022-08-20 11:55:46 ​​#malumot #qollanma

Avogadro qonuni

1811 -- yilda A.Avagadro fanga kiritgan bir xil sharoitda (o'zgarmas bosim va temperaturada ) teng hajmli turli gazlar bir xil sonda molekulaga ega bo'ladi .

Avagadro qonunidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin :

. Har qanday gazning 1 molida 6,02 • 10²³ ta moleluka mavjud .

Har qanday gazning 1 moli n. sh.
da ( _T= 273 K_ (0°) , P= 101,325 kPa ( 1 atm 760 mm.Hg ust. )) 22,4 l hajmini egallaydi

Bir xil sharoitda teng mollarda olingan bir gaz massasining ikkinchi gaz massasiga nisbati birinchi gazning iklinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi .

M ( X )
Dy ( X ) = ----------------
M ( Y )


Hajmiy nisbatlar qonuni !

1808 - yilda fransuz olimi Gey -- Lyussak fanga kiritgan : bir xil sharoitda reaksiyaga kirishgan va hosil bo'lgan gazlarning hajmlari o'zaro butun sonlar kabi nisbatda bo'ladi .

Ushbu qonundan quyidagicha xulosa kelib chiqadi :

Reaksiyaga ishtirok etuvchi gazlarning hajmlari , mollari , molekulalari soni nisbati ularning reaksiya tenglamasidagi stexiometrik koeffisiyentlari nisbatiga teng.

Kanalga Obuna bo'lish
@ORIFJONOV_KIMYO
@ORIFJONOV_KIMYO
1.4K views..., 08:55
Ochish/sharhlash
2022-08-20 11:03:07 Бугун тестларнинг охирги куни.

Шу билан ОТМларга бўлиб ўтган барча тестлар тугайди. 2020 ва 2021 йилда бўлгани каби коронавирусга чалинганлар учун қўшимча тестлар ўтказилмайди. Бу дегани — мандат жорий йилда вақтлироқ чиқиши кутилмоқда.

Энди буёғига мандатни кутиш қолади. Олинган маълумотларга кўра, мандат тахминан 27 август атрофида чиқиши мумкин.


@xushnudbek
1.2K viewsOrifjonov_Shohrux, 08:03
Ochish/sharhlash
2022-08-20 08:38:33 Kimyo  fanidan o‘quv markazda dars bermoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni ishga olamiz. O‘quv markaz Farg'ona viloyati Buvayda tumani markazida joylashgan. Shuning uchun shu hududga yaqin joyda yashaydigan, qatnab dars berishga sharoiti bor ustozlarni murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz.

Batafsil ma'lumot:

Telefon orqali:
+998941312759
+998900558807

Telegram orqali:
T.me/Elmurod_Ziyaboyev_Biologiya
1.8K viewsOrifjonov_Shohrux, 05:38
Ochish/sharhlash
2022-08-19 19:30:33 Nomli barcha organik reaksiyalar

Tayyorlandi : #Orifjonov_Shohrux

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
2.1K viewsOrifjonov_Shohrux, 16:30
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:54:49 ​​#malumot #laboratoriya

Alanganing tuzilishi. Spirt lampasida qizdirish.

• Yonib turgan spirt lampasining alangasini ko‘zdan kechiring.
• Alangani uch qismga bo‘lish mumkin

1 — alanganing yuqori qismi, chetlari xira, eng issiq qismi;
2 — alanganing o‘rta qismi ravshan, issiq qismi;
3 — alanganing pastki qismi, juda xira, issiq bo‘lmagan pilikka yaqin qismi.

Kanalga qo'shiling:
@ORIFJONOV_KIMYO
2.0K views..., 15:54
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:53:51 ​#malumot #qollanma

Izoelektron zarrachalar va moddalar.

Ta’rif: Elektronlar soni teng bo’lgan atom, molekula va ionlar izoelektron (teng elektronli) hisoblanadi.

Masalan: Na+ ga Ne va F- izoelektron hisoblanadi.

Moddalar uchun ham ushbu hodisa kuzatiladi. Izoelektron moddalar o’xshash xossaga ega bo’ladi.

Masalan: CO va N2 molekulalari.

Kanalga qo'shiling:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.6K views..., 15:53
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:53:05 ​#malumot #qollanma

Kislotalar

-- Nitrat kislotasi metallar bilan reaksiyadan vodorod ajratib chiqarmaydi.

-- Silikat kislotasi eritmada ionlarga ajralmaganligi uchun indikatorga ta'sir etmaydi

-- Konsentrlangan nitrat kislotasi ba'zi metallar bilan (Fe, Al, Cr) oksid parda hosil qilganligi uchun reaksiyaga kirishmaydi.

-- Odatda kislotalarning konsentrlangan eritmalariga suv quyib ularning suyultirilgan eritmalari tayyorlanadi. Faqat sulfat kislotasining konsentrlangan eritmasiga suv quyilmaydi. Chunki, sulfat anionining gidratlanishidan katta energiya ajralib, eritma sachrab ketishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.4K views..., 15:53
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:52:17 ​​#malumot #qollanma

Nitrat kislotaning metallar bilan tasirlashuvi:

Konsentirlangan HNO3 kislota metallar va metallmaslar bilan o'zaro reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi bir birlikka kamayadi va NO2 hosil bo'ladi.

Suyultirlangan HNO3 kislota metallmaslar bilan o'zaro reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi uch birlikka kamayadi va NO hosil bo'ladi..

Suyultirlangan HNO3 kislota aktiv (Li-Mg) metallar bilan o'zaro reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi +5 dan +1 gacha (N2O), konsentirlangan HNO3 aktiv metallar bilan o'zaro reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi +5 dan +2 gacha (NO) kamayadi.

Juda suyultirilgan HNO3 kislota aktiv metallar bilan ozaro reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi +5 dan –3 gacha (NH3 yoki NH4NO3) kamayadi.

Konsentirlangan HNO3 kislota Fe, Cr, Al, Au, Ta, Ir, Pt kabi metallar bilan tasirlashmaydi.

Passiv (Cu-Ag) metallar suyultirlangan HNO3 kislota bilan ozaro reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi +5 dan +2 gacha (NO) kamayadi.

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.4K views..., 15:52
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:51:24 ​​#malumot #qollanma

Reaksiya turlari

Gidratlanish (gidroliz) - suvni biriktirib olish reaksiyasi.

Digidratlanish - suv ajralib chiqish reaksiyasi.

Gidrogenlanish - vodorodni biriktirib olish reaksiyasi.

Degidrogenlanish - vodorod ajralib chiqarish reaksiyasi.

Neytrallanish - asos bilan kislota ta'sirida tuz va suv hosil bo'ladigan reaksiyalar.

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO
1.5K views..., 15:51
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:47:13 QABUL BOSHLANDI

Nufuzli tibbiyot oliygohlarida o’qishni xohlaysizmi?!
@KIMYO_PRO kanai yangi o’quv yili uchun ABITURIYENTLAR hamda 9-10-11-sinf o’quvchilari uchun QABUL boshlanganini ma’lum qiladi!

O'quv Online tarzda bo'lib sifatli ta'lim berishni o'z oldiga maqsad qilgan.

Asosiy fanlar:
KIMYO haftada 3 kun
KIMYO darsi dastlabki matematik tushunchalardan boshlanadi va kalkulyator ishlatmasdan hisoblash usullari o’rgatiladi;

Darslar 6-sentyabrdan boshlanadi:
Batafsil ma'lumot :
@kimyopro_onlinekurs
Murojaat uchun :
@tmp2004
@N04uz
Ta’lim reklamasi
1.7K viewsSAIDJAMOL, 14:47
Ochish/sharhlash