Get Mystery Box with random crypto!

KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI.   KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI  bu  | Orifjonov Kimyo | Mega DTM-Variant 2023-2024

KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI.

  KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI  bu  reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molyar konsentratsiyalari vaqt birligi ichida o'zgarishidir.

Reaksiya tezliklari turli xil sodir bo'ladi.Harorat yuqori bo'lsa tez, sovuqda sekin.Ayrim reaksiyalar bor ular juda tez soniyalarda bo'ladi, ayrimlari esa soatlab, kunlab, hattoki yillab ham vaqt ketadi.

Sistema bu moddalarning yig'indisidir.Demak, sistemlar 2 xil bo'ladi.1.Gomogen.2 Geterogen.
Gomogen sistema bir xil fazadan tashkil topadi. (M-n: Gazlar, chin eritmalar va h.k.)
Geterogen sistema har xil fazadan tashkil topadi.(Dag'al dispers sistma, turli xil aralashmalar.)

Gomogen sistemada reaksiyada butun hajmi bo'yicha ketadi, tushunarli tilda aytsak, reaksiyada moddalarni barcha qismi qatnashadi.To'liq. M-n:
Na2S2O3+H2SO4=Na2SO4+S+SO2+H2O.
Bunda eritma loyqalanadi.
Geterogen sistemada esa teskarisi.Fazani ma'lum bir qismida boradi.
Fe+H2SO4=FeSO4+H2

  Ma'lum bir vaqt oralig'ida m-n t2-t1  olingan reaksiya tezligiga o'rtacha tezligi deyiladi.
U "V" harfi bilan belgilanadi.

           C2-C1
  V=    -------------
            t2-t1

C2-C1 => konsentratsiyalari o'zgarishi.
t2-t1 => vaqtni o'zgarishi.

∆ bu belgi o'zgarishni beradi.(farq)

C2-C1=∆C desak.
t2-t1=∆t

Qisqa fo'rmulasi quyidagicha bo'ladi.

      ∆C
V=---------
       ∆t

Kanalga ulanish:
@ORIFJONOV_KIMYO