Get Mystery Box with random crypto!

Microsoft rossiyaliklar uchun Windows 11 yangilanishini blokla | Orena.uz – Biznes va texnologiyalar

Microsoft rossiyaliklar uchun Windows 11 yangilanishini blokladi

Microsoft kompaniyasi ham Rossiyaga qarshi sanksiya e’lon qila boshladi. Hozirda rus foydalanuvchilari Windows Update oynasi orqali operatsion tizimni yangilamoqchi bo‘lsa, tizim foydalanuvchini kompaniyaning rasmiy veb-saytiga o‘tishni taklif qiladi.

Agar saytda Windows 11 ning so‘nggi versiyasi uchun maxsus yuklab olish dasturini ishga tushirishga harakat qilinsa, bo‘sh sahifa ochiladi va yuklab olish amalga oshmaydi.

Cheklovni VPN ilovalari orqali chetlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, tizimning ISO faylini yuklab olishingiz va Windows 11 ni kompyuteringizga qo‘lda o‘rnatishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook