Get Mystery Box with random crypto!

Meta’ning O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilishi mumkin “IT Pa | Orena.uz – Biznes va texnologiyalar

Meta’ning O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilishi mumkin

“IT Park”ga Metaning Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi boshqaruv direktori Jorj Chen va hukumat bilan ishlash boʻyicha “Facebook” menejeri Avrora Li tashrif buyurdi.

Uchrashuvda tomonlar taʼlim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga kelishib olishdi. Unga koʻra, “IT Park University” doirasida AR va VR boʻyicha “Meta” kurslari joriy etiladi.

Jorj Chen bugungi kunda Oʻzbekistonda Facebook va Instagram foydalanuvchilari soni 10 mlndan oshganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Meta” kompaniyasining O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilishi mumkinligi haqida fikr almashdilar.

Telegram | Instagram | Facebook