Get Mystery Box with random crypto!

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Telegram kanalining logotibi onlineonatili — ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV O
Telegram kanalining logotibi onlineonatili — ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
Kanal manzili: @onlineonatili
Toifalar: Taʼlim , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.39K
Kanalning ta’rifi

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ!
Onlayn dars :
@onlayndarsnatijalarim
Badiiy asar:
@badiiyasartest
Milliy sertifikat:
@onatilitestlar
Hamkor:
@grammarnotes
Reklama :
@reklamaadsonatili

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-23 21:40:14 Bugun ikkita raqamga ko’zim tushdi:

Birinchisi, bu yil oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarning taxminan 10 foizi qabul qilinar ekan. Yuz mingdan ko’proq o’rinlarga milliondan ko’proq abiturientlar. Bu degani o’sha 2018 yilgi ko’rsatkich deyarli o’zgarmabdi. Maqolani keyingi yil “5-yildan so’ng” degan davomini yozish kerak ekan.

Ikkinchisi, o’sha bir milliondan ko’proq abiturientlarning yarmidan ko’pi o’tish ballining eng past darajasidan ham kamroq ball to’plabdilar. Agar bularning yarmidan ko’pi tavakkalga topshirganlar, yoki nomiga qayta topshirib qo'yganlar bo’lsa ham, qolgan yarmining atiga 20 foizi o’qishga qabul qilinishi baribir baland ko’rsatkich emas.

Savol tug’ilishi mumkin, universtitetlarga kirish testlari shunchalik qiyinmi va bilimni yaxshi tekshira olmayaptimi yoki teskarisi, maktabdagi bilimlar (to’g’rirog’i repetitorlar) to’g’ri tuzilgan imtixondan o’tishga yetarli bilim bermayaptilarmi? Balki ikkalasi ham, balki hech qaysi. Agar, masalan eng minimal ballni ham 500 mingda abiturient olmabdi, bunga kimlar va nimalar aybdor degan ro’yxat qiladigan bo’lsak, men oxirgi o’rinlarga (ya’ni eng aybsiz) abiturientlarning o’zini qo’ygan bo’lardim.

Nima bo’lgan taqdirda ham, kelajakdagi (va orzudagi) mamlakatimizda universitetga kirish uchun maktab o’quvchilari repetitorlarga va o’quv markazlariga umuman bormaydilar. Chunki, bunday xizmatning zaruriyati qolmaydi - maktabda olingan bilimlarning o’zi universitet qabuliga yetarli bo’la oladi. Ya’ni, repetitorlik xizmatlari, turli fanlar bo’yicha institutga tayyorlaydigan o’quv markazlarning mavjudligi o’zi muammo emas, ular ta’limdagi bo’shliq borligini ko’rsatyaptilar. O’sha mamlakatda, chet tillari, bazaviy kompyuter savodxonligi, statistika, shaxsiy moliya vhkz fanlarni o’quvchilar aynan maktabda o’rganadilar, universitetga kirish uchun qo’shimcha to’garak va boshqa muassasalarga borishga ehtiyoj qolmaydi. Maktab o’quvchilariga asosiy bilimni repetitor beradigan tizimga kelib qolinishining eng katta oqibatlaridan biri o’sha ta’limga bo’lgan imkoniyatlarni tengsizlashtiradi, insonlarni kambag’allashtiradi. Repetitorga mablag’i yetarli bo’lmagan oiladan chiqqan o’quvchi nima qilsin? Bundan tashqari, o’sha mamlakatda o’qituvchi va murabbiylarda qo’shimcha repetitorlik qilishga rag’bat va ehtiyoj qolmaydi, chunki ular maktab/universitetdagi asosiy faoliyatlari doirasida yetarlicha rag’batlanadilar va eng muhimi, ularda akademik erkinlik bo’ladi.

Xullas, o’quvchi asosiy bilimni repetitordan olishi va domla asosiy faoliyati/daromadini repetitor orqali olishi buzilgan muvozanatni aks ettiradi.

Shu o’rinda ijobiy kuzatuvni ham aytib o’tib ketishim kerak. Oxirgi paytda juda ko’p yosh o’zbekistonliklar chet eldagi universitetlarga kirayotganlarini, o’qishni boshlayotganlarini ko’ryapman. Ayniqsa oxirgi 2-3 yil ichida bu jarayon ancha tezlashib qolibdi. Bizning yoshlar turli fan yo’nalishlarida, maktabning yuqori sinflaridan boshlab doktaranturagacha bo’lgan bosqichlarda, xaritada Avstraliyadan tortib Kanadagacha bo’lgan mamlakatlarda o’z tengdoshlari bilan raqobatni yutib o’z yo’llarini topmoqdalar. Ba’zilarini taniganim, ozgina bo’lsa ham arzimagan maslahat/yo’nalish berganim uchun ikki karra hursand bo’laman. Aslida chet elda o’qishga ketayotgan talabalarning soni ko’payishini men ijobiy natija deb hisoblayman, keng tan olingan narrativ va xulosaga teskari bo’lsa ham. O’sha xulosaga ko’ra, masalan, chet elga bakalavrga o’qishga ketgan o’zbekistonlik bu mamlakat boy bergan, qo’ldan chiqargan navbatdagi kadr deb hisoblanadi. Ya’ni, “mana o’zimizda olib qola olmadik, ketib qoldi” deb. Men esa aksincha, har bir o’qigan, ilm olgan o’zbekistonlikni mamlakatning yutug’i deb hisoblayman, qayerda va qaysi chegara ichida o’qishidan qat’iy nazar.

@uzbekonomics
2.6K views18:40
Ochish/sharhlash
2022-08-23 18:38:18 E‘lon!

5-sentabrdan o‘qituvchilar uchun milliy sertifikat darslariga yangi guruh ochiladi.

A‘zo bo‘lib qo‘ying. Keyin kech qolasiz.

1.O‘qib tushunish;
2.Yozma savodxonlik;
3 Adabiyot bo‘limlari bilan shug‘ullaniladi.

To‘lovlar oldindan.

Murojaat uchun @Otabeeeeeeek
2.6K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-08-23 08:23:48 #yangi _darslik_2022
6-sinf ona tili to‘liq
3.4K views05:23
Ochish/sharhlash
2022-08-23 08:13:46 ​​ ​Bilasizmi, yo‘qmi? H va x degan yaramaslar haqida ?!
Ulardan har doim kamida bitta savol tushgan Davlat imtihonlarida. Bu majburiy va asosiylar uchun birdek. Shu sababli ‘H‘ va ‘X‘ qatnashgan lug‘atdan har kuni berib borishni aytgandim. Bugun "B" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati bilan tanishamiz.



badaxloq
badaxshonlik
badbaxt
badjahl
badiha
badihiy
badlahja
badxat
badxob
badxoh
badxoʻ #mumtoz_adabiyot
badxoʻy
badhaybat
baytulloh
baytulahzon
bakterioxlorofillar
bakxiy #adabiyot
balxashit #geologiya
balxi
balxitut
bamaylixotir
bamaslahat
bandargoh
bandirayhon #hunarmandchilik
banogoh
barahman
barahna
bargirayhon #hunarmandchilik
bargixazon #hunarmandchilik
baroxoriya #botanika
barxan
barxit
barxitgul
barhavo
barhayot
barham
barhaq
batraxit #geologiya
bartaxozavr
batroxologiya #zoologiya
baxabar
baxayol
baxayr
baxil
baxmal
baxmal #etnonim
baxmalgul
baxmali #gilam
baxt
baxtash-tavakkal
baxtdosh
baxtiyor
baxtiyoriy #botanika
baxtiyoriylar #etnonim
baxtiqaro
baxtli
baxtnoma
baxtsiz
baxsh
baxshanda
baxshi
baxshivoyi #etnonim
baxshiyona
baxshida
baxshish
baxya
baxyadoʻz
baxyalamoq
baxyali
bachchaxoʻrak
baqadrihol
baqajoʻxori #botanika
bahavo
bahayo
bahay
bahaybat
baham
bahamjihat
bahar
baharnav
baharkayf
baharhol
bahaq
bahaqqi
bah-bah
bahbahlamoq
bahimmat
bahmaniylar #tarix
baho
bahodir
bahoiy
bahoiylar #tarix
bahol
baholi qudrat
baholamoq
baholi
baholov
bahona
bahor
bahori #bugʻdoy
bahoriy #kayfiyat
bahorikor
bahoriston
bahosiz
bahochi
bahr
bahra
bahravar
bahralanganlik
bahramand
bahrasiz
bahribayt
bahridil
bahrin #zoologiya
bahrin #etnonim
bahs
bahuzur
beanduh
beaxloq
bebaho
bebahra
begunoh
bedaxmaza
bedorxob
bejavhar
bezaxa
bezaxm
bezahmat
beintiho
beixtiyor
beixtisos
beishtaha
beishtiboh
bekshayx #etnonim
beluxa
bemalohat
bemaslahat
bemahal
bemahobat
bemahorat
bemehr
bemorxona
bemulohaza
benzoxinon #tibbiyot
benihoya
benoʻxta
berahm
berahmona
berahnamo
bergshtrixlar #geologiya
beruxsat
beruh
beruhlik
betahammul
beustuxon
bexabar
bexavotir
bexavf
bexazon
bexayr
bexatar
bexato
bexilof
bexirad
bexirqa
bexislat
bexonumon
bexor (tikansiz)
bexos
bexosdan
bexosiyat
bexud
bechorahol
beoʻxshov
beh
behad
behaddigʻoyat
behadlik
behayo
behalovat
behamiyat
behasham
beh-beh
behbehlamoq
behbud
behbudlik
behi
behigul #botanika
behijob
behizor
behis
behisob
behixoʻr
behisht
behishti #uzum_navi
behol
beholona
behtar
behuda
behudud
behuzur
behurmat
behush
biaynih #mumtoz_adabiyot
bibliopsixologiya
biblioxrom
biyoxinol #farmacevtika
billoh
bilonihoya
bilooxir (soʻngsiz)
bilotarahhum
bilxossa
biomahsulot
biomexanizm
biomexanik
biopsixologiya
biotexnik
bioximik
bir xil
birxona #hunarmandchilik
bir xonali
birhad
bir hijoli
bismilloh
bixeviorizm
bixromatlar
bihisht
bihishti #botanika
blok-sxema
bobodehqon
boboxon
bodomnusxa #hunarmandchilik
bodxiz #geologiya
bod-havo
boyxalta #botanika
boyxalcha #botanika
bolosuxan
boloxona
borgoh
bosmaxona
botmon-dahsar
boxabar
boxusus
bohayo
bohush
bradipsixizm
brandvaxta
braxialgiya
braxiburma
braxigrafiya
braxidaktiliya
braxikefaliya
braximorfiya
braxispondiliya
braxifalangiya
braxiozavr
brahman
brahmi (yozuv)
bronxial
bronxiolalar
bronxiolit #tibbiyot
bronxit
bronxlar
bronxoadenit
bronxografiya
bronxokimografiya
bronxolit
bronxolitiaz
bronxolitin
bronxologiya
bronxomikozlar
bronxopnevmoniya
bronxoskop
bronxoskopiya
bronxospazm
bronxostenoz
bronxotomiya
bronxoektaziya
bronxoektazlar
bronxchalar #anatomiya
bublikxoʻr
buvayhiylar #tarix
buvahofiz
buvixon
buvishxon
bukrixoʻja
bulamiqxoʻr
bulbulnusxa #hunarmandchilik
bulhavas #mumtoz_adabiyot
buramashox #zoologiya
burgutxayol
burhonlar #tarix
butunjahon
butxona
buxanka
buxor (saqich)
buxori
buxorolik
buxortanga
buxorxudot
buxorcha #hunarmandchilik
buxta
bugʻxona
buhron
boʻyoqxona
boʻzaxona
boʻzaxoʻr
boʻyraxona
boʻktargibehi
boʻrdoqixona
boʻxcha
boʻxchapech #hunarmandchilik
boʻgʻirsoqxoʻrlik
boʻhron
boʻhton

@onlineonatili



@onlineonatili
2.9K views05:13
Ochish/sharhlash
2021-02-14 09:30:10 Shaxslarga munosabat shaxs-son orqali anglashiladi.

@onlineonatili
5.6K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-13 16:54:36 Tasviriy ifodalar – predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin – paxta, oq oltin ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar va hokazo.
Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlilik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi.

@onlineonatili
6.4K viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash
2021-02-13 13:11:34 So‘z qo‘llash bilan xato ~ talaffuzi yaqin so‘zlarni noo‘rin qo‘llash, ya'ni paronimlar bilan bog‘liq xatodir.

burch so‘zi o‘rnida burj ishlatish, masalan.

@onlineonatili
6.0K views10:11
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:52:17 Antonim

Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud:
1) leksik antonim (baland – past, uzun – qisqa);
2) affiksal antonim (suvli – suvsiz);
3) sintaktik antonim (ochiq yuz – tund bashara).
Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.

@onlineonatili
6.4K views05:52
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:38:30 Sirg‘aluvchi jarangsiz lab undoshi – Ff

Quyudagi so‘zlarda V va F ning o‘rinlarini eslab qoling:
tavfiq, taftish, tavsifnoma, batafsil, tavsiya.

@onlineonatili
5.7K views05:38
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:24:30 To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot.

Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar deyiladi: Ulardan xat keldimi?
Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi: - Siz maktabga borasizmi? – Boraman (ega – men, hol – maktabga tushirilgan).
To’liqsiz gaplarning turlari:

1)Dialogik nutq tarkibidagi: –Kim kelmadi? –Ahmad.
2)Ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak!
3)Qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).

To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.

Manba : @onlineonatili
6.2K views15:24
Ochish/sharhlash