Get Mystery Box with random crypto!

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Telegram kanalining logotibi onlineonatili — ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV O
Telegram kanalining logotibi onlineonatili — ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
Kanal manzili: @onlineonatili
Toifalar: Taʼlim , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.39K
Kanalning ta’rifi

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ!
Onlayn dars :
@onlayndarsnatijalarim
Badiiy asar:
@badiiyasartest
Milliy sertifikat:
@onatilitestlar
Hamkor:
@grammarnotes
Reklama :
@reklamaadsonatili

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 22:12:33 MAG‘LUB BO‘LGAN G‘OLIBLAR

Mana mashaqqatli, lekin tasurotlarga boy yana bir o‘quv yili ortda qoldi. Eng bilimli va omadi chopgan abituriyentlar ta'limning keyingi bosqichida o‘qishni davom etdirish imkoniga ega bo‘lishdi. Ularning barchasini bu g‘alabalari bilan chin yurakdan qutlayman! Endi ularning oldida yangi-yangi maqsadlar bo‘y ko‘rsatadi. Abituriyentlikdagi shijoatlari, mehnatsevarlik ko‘nikmalari so‘nib qolmasidan, kamida bir yillik keyingi maqsadlarini aniq belgilab olishlarini maslahat beraman ularga.

Hozirgi aytmoqchi bo‘lganlarim esa o‘qishga kira olmagan abituriyentlar haqida.
"Jang qurbonsiz bo‘lmaydi"
Bugungi qurbon kimlar?
Talaba bo‘la olmaganlarmi?
Aslo unday emas!

Agar abituriyent o‘qishga kirolmaganini bilganidan so‘ng, o‘sha kunning o‘zida qo‘lini musht qilib, "MEN HECH QACHON ORTGA CHEKINMAYMAN VA ALBATTA KELASI YIL TALABA BO‘LAMAN" desa, u- G‘OLIB.

Aksincha, mandat kunini ko‘z yoshlarga to‘ldirib, o‘zi qolib, ota-onasini va boshqa oila-azolarini ham kayfiyatini tushirsa, o‘ziga achinib qarashlariga, tasalli berishlariga majbur qilsa, u-MAG‘LUB.

Ko‘p havotirga qo‘ymay, ustozining oldiga darhol borib, bu yilgi mashg‘ulotlarini boshlab yuborsa, u-G‘OLIB.

O‘z xato-kamchiliklarini tahlil qilish o‘rniga, yomon natijasiga abituriyenlik vaqtidagi atrof-muhitini, sharoitni aybdor deb bilsa, u-MAG‘LUB.

Ota-onasiga "MEN NIMAGA QODIRLIGIMNI KO‘RSATISHIM UCHUN YANA BIR YIL IMKON BERINGLAR" deyishga kuch topa olsa, u-G‘OLIB.

Qorong‘u xonaga berkinib, qayerda yo‘q pessimist ruhdagi musiqalarni tinglab, "MEN O‘ZI OMADSIZMAN", "MEN SHUNAQA LANDOVURMAN"... deya kunini, vaqtini o‘tkazsa, u- MAG‘LUB.

Birinchi yili o‘qishga kirolmagan bo‘lsada, keyinchalik ulkan zafarlarga erishgan insonlarni o‘ziga mayoq qilib olsa, u- G‘OLIB.
....
AZIZ UKAGINAM, har bir mag‘lubiyat ortida aniq sabablar yotadi. Sen shu sabablarni top va ularni bartaraf qilishga shoshil. Nahotki oldinga qo‘ygan maqsadlaring yana bir yil mehnat qilishinga arzimasa?!
Sen bilan o‘zing yaxshi yoki yomon deb bilgan nimaki sodir bo‘lsa, unda bir hikmat bor. Lekin bu hikmatini anglash uchun gohida bir kun, gohida bir yil yoki undan ham ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. O‘sha vaqt kelguncha senga sabr tilab qolaman.
"HAYOTDA BIZ ISTAGAN EMAS, BIZGA FOYDALI BO‘LGAN HODISALAR RO‘Y BERADI".
So‘zimning shu yerigacha o‘qishga irodang yetibdiki, Senga ishonsa bo‘ladi. Mana ko‘rasan, kelasi yil albatta TALABA bo‘lasan!
Yana shuni ham eslab qol!
"TASODIFLAR TASODIF EMAS"



@ONLINEONATILI
2.3K views19:12
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:04:09 Yangi darsliklar chiqqanidan xabaringiz bo‘lsa kerak, aziz kanalimiz kuzatuvchilari, tez kunlarda yangi darsliklar yuzasidan video tushuntirishlar, darsni iloji boricha qiziqarli o‘tish bo‘ycha tavsiyalar berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. Hamkasblaringizni ham kanalga taklif eting.

Grammatika xayr)

@onlineonatili
1.5K views19:04
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:57:35 Bu yil kontrakt oshmaydi. Yashasin ,yashasin)
1.6K views18:57
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:41:08 DTM uz saytlari va botlari yana qotib qoldi. Hech qachon qotmaydigan mukammal bot qilisha olmaydi. Har yili shu ahvol. Hamma narsa rivojlanadi. Hatto GM ham,lekin DTM emas.
1.7K viewsedited  18:41
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:29:30 Якуний танлов натижалари (мандат) эълон қилинди

Бу ҳақда ДТМ маълум қилди.

Танлов натижаларини 6 хил усулда билиш мумкин.

my.dtm.uz сайти орқали:

my.dtm.uz сайтига абитуриентнинг паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда.

mandat.dtm.uz сайти орқали:

mandat.dtm.uz сайтининг “Bakalavr-2022” бўлимига абитуриентнинг ID рақамини киритган ҳолда.

SMS хабарнома хизмати орқали:

5100 рақамига абитуриентнинг ID рақами юборилганда, мазкур телефон рақамига танлов натижалари бўйича SMS хабарнома юборилади (хизмат ҳақи мавжуд).

Давлат тест марказининг қуйидаги телеграм ботлари орқали (абитуриентнинг ID рақамини юборган ҳолда):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-код орқали:

Абитуриент рухсатномасининг қуйи қисмидаги QR-код (натижани кўриш учун ҳавола) ни сканер қилган ҳолда.

Тест натижалари қайдномаси орқали:

Шунингдек, тест натижалари қайдномаси олий таълим муассасаларига тақдим этилади, бориб кўриш мумкин.

Барчага омад тилаймиз!


@xushnudbek
1.3K views18:29
Ochish/sharhlash
2022-08-27 10:08:56 ​​​​​ ​Bilasizmi, yo‘qmi? H va x degan yaramaslar haqida ?!
Ulardan har doim kamida bitta savol tushgan Davlat imtihonlarida. Bu majburiy va asosiylar uchun birdek. Shu sababli ‘H‘ va ‘X‘ qatnashgan lug‘atdan har kuni berib borishni aytgandim. Bugun "E" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati bilan tanishamiz

​​#x_va_h

evoh
el-xalq
elxon #tarix
elxoniylar #tarix #sulolalar
elchixona
endobronxit
endopsixogeniylar
entelexiya #falsafa
erbaho #botanika
erbahosi
esli-hushli
esonxoʻja #etnonim
esxatologik
esxatologiya #diniy
esxona
es-hush
etnopsixologiya
etxoʻr
exinokaktus #botanika
exinokokklar
exinokokkoz
exiuridlar #zoologiya
exogramma
exokardiogramma
exolokator
exolot #texnika
exotoʻsqich
exofoniya
eh
eha
ehe
ehzon
ehrom
ehson
ehtiyoj
ehtiyot
ehtiyotan
ehtiyotkor
ehtiyotmand
ehtiyotmandona
ehtimol
ehtimoliy
ehtimoliyat #fizika
ehtimollar (nazariyasi)
ehtimollik
ehtimolot
ehtimom
ehtirom
ehtiros
ehha
ehhe
ehho

Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@onlineonatili
2.1K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:39:25 ​​​​​ ​Bilasizmi, yo‘qmi? H va x degan yaramaslar haqida ?!
Ulardan har doim kamida bitta savol tushgan Davlat imtihonlarida. Bu majburiy va asosiylar uchun birdek. Shu sababli ‘H‘ va ‘X‘ qatnashgan lug‘atdan har kuni berib borishni aytgandim. Bugun "F" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati bilan tanishamiz

​​​​#x_va_h

fazihat
falloh (dehqon)
farah
farahafzo
farahbaxsh
farahli
farahmand
farahnok
faromushxotir
farogʻatgoh
farrux
farruxbaxt
farsax
farxunda
farhang (lugʻat)
farhod #botanika
fasih
fasihsuxan
fasohat
fash (oʻzgartish)
fatvoxon
fath
fatha
fathnoma
faxr
faxriy
faxriya
faqih
fahm
fahman
fahsh
fahshiyat
fahshxona
feyyerbaxchilik #falsafa
feyxoa #botanika
fenxel #botanika
ferroxrom
filloxinon #farmacevtika
filnusxa
filhaqiqat
filhol
fisqxona
fiqh
fiqhiy
fonusxayol #sanʼat
fosidxayol
fotih
fotiha
fotoxromizm
foxta #zoologiya
fohish
fohisha
fohishaxona
fraxt #ulov
fusaho
futuh
futuhot


Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@onlineonatili
2.2K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-08-25 19:46:03 E‘lon!

5-sentabrdan o‘qituvchilar uchun milliy sertifikat darslariga yangi guruh ochiladi.

A‘zo bo‘lib qo‘ying. Keyin kech qolasiz.

1.O‘qib tushunish;
2.Yozma savodxonlik;
3 Adabiyot bo‘limlari bilan shug‘ullaniladi.

To‘lovlar oldindan.

Murojaat uchun @Otabeeeeeeek
2.5K views16:46
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:52:42
Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
84%
Imtihon
16%
Imtixon
1.3K voters2.7K views03:52
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:24:41 ​​​ ​Bilasizmi, yo‘qmi? H va x degan yaramaslar haqida ?!
Ulardan har doim kamida bitta savol tushgan Davlat imtihonlarida. Bu majburiy va asosiylar uchun birdek. Shu sababli ‘H‘ va ‘X‘ qatnashgan lug‘atdan har kuni berib borishni aytgandim. Bugun "D" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati bilan tanishamiz.



"D" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati

davlatpanoh
davlatxona
davlatxoh
dalahovli
dam-dastgoh
damxafa
damxona
daraxt
dardihol
darsxon
darsxona
darxon #tarix
darham #hunarmandchilik
darhaqiqat
darhol
darholda #ravish
dastgoh
dasturxon
dasturxonchi #botanika
dastxat
dastxoda #asbob
daxl
daxldor
daxlsiz
daxma
daxmaza
daxmazagar
dah
daha
dahaboshi
dahan
dahana
dahanaboshi
dahanak #hunarmandchilik
dahanaki
dahandam #musiqa
dahboshi
dahboshilik
dahlar #etnonim
dahliz
dahlizxona
daho
dahoviy
dahr
dahriy
dahriylik
dahriyona
dahsar #oʻlchov_birligi
dahsaraki
dahshat
dahyak (oʻndan bir)
dahyakchi
devlox (devxona)
devtaxlit
devcharx
desinxronizaciya
deh (qishloq)
dehdor
dehqon
diazoguruh
diaxronik
diaxroniya
dilsiyoh
dilsoʻxta
dilxasta
dilxira
dilxiroj #musiqa
dilxoh
dilxohona
dilxun
dilxush
diptix #sanʼat
dirham
disaxaridlar
disaxaridoz
dixaziy #botanika
dixloramin
dixlorbenzol
dixlorfenol
dixloretan
dixlotiazid #farmacevtika
dixogamiya #botanika
dixotomik
dixotomiya
dixroizm
dixromatik
dixromatlar
dixromatometriya
dodho va dodxoh
dolixozavr #zoologiya
dolixokefaliya
dolixokefallar
dolixokolon
dolixosefalit
dolixosefaliya
dolixosefallar
donxalta
donxampa
donxona
donxoʻr
donxoʻrak
donxoʻrlar #zoologiya
dorilaxloq va dorulaxloq
dorilxalofat va dorulxalofat
dorilharb
dorilhikma
dorissulh va dorussulh
doxil
doxilan
doxiliy (ichki)
doxiliya #eskirgan_soʻz
doxilik
dohiyona
dohiy
drahma
drahmiy #oʻlchov_birligi
dubulgʻataxlit
dugoh
dumaxona
dumixurjun
dunyobexabar
duoxon
duraxa (egov)
duraxshanda
duraxshon
duxi
duxoba
duxobabarg
duxovka
dushoxa (naqsh) #hunarmandchilik
dushxona
duhul #musiqa
doʻzax
doʻxt
doʻxtir
doʻxtisovuq

Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@onlineonatili
3.0K views07:24
Ochish/sharhlash