Get Mystery Box with random crypto!

To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot. Fikrni ifodalas | ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot.

Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar deyiladi: Ulardan xat keldimi?
Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi: - Siz maktabga borasizmi? – Boraman (ega – men, hol – maktabga tushirilgan).
To’liqsiz gaplarning turlari:

1)Dialogik nutq tarkibidagi: –Kim kelmadi? –Ahmad.
2)Ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak!
3)Qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).

To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.

Manba : @onlineonatili