Get Mystery Box with random crypto!

​#Turon_buyuklari (darslik kitob asosida) Muhammad ibn Muso a | ONLINE TEST / tarix

​#Turon_buyuklari (darslik kitob asosida)

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850)

dastlabki savod va bilimlarini Xorazm va Movarounnahrda olgan
xalifa Ma'mun (813-833) zamonida "Bayt ul-hikma"da mudir sifatida faoliyat yuritgan
zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi
20 dan ortiq asarlar yozgan, bizgacha 10 tasigina yetib kelgan (eng mashhuri "Al-jabr val-muqobala")
"algebra" atamasi "al-jabr" nomidan olingan
Xorazmiy nomi matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o'z ifodasini topgan
"Al-jabr" asari XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinib, qayta ishlangan
uning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o'nlik hisoblash tizimining butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etgan
"Al-jabr"ni mustaqil fan darajasiga ko'tarib, algebra faniga asos solgan
"Al-jabr" - yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, meros taqsimlash va boshqa hisob va o'lchov ishlarida dasturilamal hisoblangan.

https://t.me/joinchat/SSJ-0jc27UKGWMP6