Get Mystery Box with random crypto!

Musulmonlarning mashhur sarkardasi Hojib Mansur vafot etganida | ONLINE TEST / tarix

Musulmonlarning mashhur sarkardasi Hojib Mansur vafot etganida butun Yevropa xursand bo'ldi. Andalusiyada musulmonlar hokimiyati quladi. Ispan qo'mondoni Alfonso o'shanda Mansurning qabri ustida chodir qurib, taxt o'rnatdi.
" Ko'rayapsizmi men musulmonlarning eng zo'r sarkardasi qabri ustidaman" dedi.
Shunda yonidagi bir ispan
" Agar qabrdagi nafas olsa bormi birotamiz tirik qolmas edik" deya Alfonsodan g'azablandi.
Alfonso uni o'ldirmoqchi bo'ldi.
Ammo uning qo'lini tutib qolgan rafiqasi
- U to'g'ri aytayapti. Bu ishimiz Mansurga sharaf yozadi. U hatto o'lganida ham podshohlar taxti ostida uxlagan bo'lib chiqadi. Tarix uni eslaydi. Bizning qabih ishlarni emas" deya janjalni yakunladi.

Haqiqattan xolis qaraydigan bo'lsak X asrning eng mashhur tarixiy shaxslari orasida Hojib Mansur alohida o'rin egallaydi.

Ispaniya xalqi uchun bu odam milliy qahramonlar safidan o'rin egallagan.

@historicallife