Get Mystery Box with random crypto!

Test tahlili -4 Qaysi gapdagi so'zlar imlosida tovush tu | ONA TILI JUDA OSON

Test tahlili -4

Qaysi gapdagi so'zlar imlosida tovush tushishi, tovush almashishi va tovush ortishi hodisalari kuzatiladi?
A) U o'z o'rtoqlaridan ayrilib qolmaslik uchun qizarib-bo'zarib ishlaydi, yuzidan quyilgan terni artishga qizg'anadi.
B) Yuragim hayajondan gupullab urardi, bundan keyin nima qilishga aqlim ham yetmadi.
C) Barmoq bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, og'riq darrov to'xtaydi.
D) Agar shunday o'ylasangiz, xato qilasiz, buncha qovog'ingiz osilmasin, uka.

Yozda havo issiq bo’ladi . Qishda sovuq bo’ladi .
To’yib ovqatlansang ,uyqu eltadi .
-Yoshing nechada? - deyman ,uzoq vaqt ko’rmagan jiyanchamdan .
-7 yoshni ko’rsatadi,barmoqlari bilan .
-Birinchi sinf bo’libdilar-da ! ?
-Qarindoshcham ko’ziga aqlli ko’rinib ketaman . Axir u menga faqat yoshini aytdi ,men esa uning nechanchi sinfda o’qiyotganini aniq aytib berdim .Qoyil qoladi-da ..

Bizga nima kerak ,bu narsalar deysizmi ?
Mahoratli test ishlash sirlaridan biri test savoliga qarab siz ham ana shunday “bashorat” qilishini o’rganing .

Qaysi gapdagi so'zlar imlosida tovush tushishi, tovush almashishi va tovush ortishi hodisalari kuzatiladi?

Ishoning qaramasdan yozyapman . Hozir berilgan 4 ta javobdagi so’zlarning har birida tovush o’zgarishlariga misollar borligi aniq .
Faqat qaysidir javobda faqat tovush tushishi bor ,qaysidir javobda tovush almashishi bor .
Lekin chalg’imaymiz . Bizga har uchalasi qatnashgan gap berilgan javob kerak .
Quyidagi qisqartmaga qarang !
Tovush tushishi - t t
Tovush almashishi - t a
Tovush ortishi - t o

Qaysi gapdagi so'zlar imlosida tovush tushishi, tovush almashishi va tovush ortishi hodisalari kuzatiladi?
A) U o'z o'rtoqlaridan ayrilib qolmaslik uchun qizarib-bo'zarib ishlaydi, yuzidan quyilgan terni artishga qizg'anadi.

Ayir+il = ayrilib –tt ;

B) Yuragim hayajondan gupullab urardi, bundan keyin nima qilishga aqlim ham yetmadi.

Yurak+im =yuragim –t a ;
urar edi –urardi , - t t ;
bu+dan =bundan . t o

C) Barmoq bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, og'riq darrov to'xtaydi.

tirna +q =tirnoq –ta

D) Agar shunday o'ylasangiz, xato qilasiz, buncha qovog'ingiz osilmasin, uka.

Shu+day= shunday ,t o ;
qovoq+ingiz=qovog’ingiz , t a

To’g’ri javob :

B) Yuragim hayajondan gupullab urardi, bundan keyin nima qilishga aqlim ham yetmadi.
Yurak+im =yuragim –tovush almashishsi ;
urar edi –urardi , - tovush tushishi ;
bu+dan =bundan . tovush ortishi ;

Hamid Qurbonboyev
https://t.me/ona_tili_juda_oson