Get Mystery Box with random crypto!

TEST TAHLILI -3 O'zbekiston mustaqillikka erishdi. U o'z ba | ONA TILI JUDA OSON

TEST TAHLILI -3
O'zbekiston mustaqillikka erishdi. U o'z bayrog'iga еgа bo'ldi. O'z gerbini tastiqladi. Birlashgan Millatlar tashkiloti oldida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog'i ham xilpirab turibdi. O'zbekiston qadimiy va xamisha novqiron diyordir.
Ushbu parchada necha o'rinda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) 4
B) 5
C) 6
D) 3

Bunday testlarni to’g’ri ishlashda maktabdagi diktant ko’p tekshirganliginigiz qo’l keladi . Birgina maslahatim kamida ikki marta tekshiring . Sababi, javob variantlarida aniq miqdor so’raladigan testlarda juda ko’pchilik xatoga yo’l qo’yadi . Bunday testlar ko’rinishidan oson ,lekin javobda bitta kam raqamni tanlasangiz ham xato bo’lib turaveradi
“ Iye ,bunga qaramay qolibman ,-demaslik uchun yaxshilab ,tekshirib keyin javob tanlang .
O'zbekiston mustaqillikka erishdi. U o'z bayrog'iga еgа bo'ldi. O'z gerbini tastiqladi. Birlashgan Millatlar tashkiloti oldida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog'i ham xilpirab turibdi. O'zbekiston qadimiy va xamisha novqiron diyordir.

Imloviy xatolikni toping deyilganda ko’pchiligimiz asosan “H’ va “X” ni tushunadi. Bosh harflar bilan yozish ,chiziqcha bilan yozish ham imloviy xatolikka kirishini bilasiz ,faqat mana shuni unutmasangiz bo’lgani .
BIrlashgan Millatlar Tashkiloti -Xalqaro tashkilot nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi .
Masalan :
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi
Osiyo Taraqqiyot Banki

Qurbonboyev H

https://t.me/ona_tili_juda_oson