Get Mystery Box with random crypto!

6- TEST TAHLILI Fe’l mavzusi ichidagi 3-4 mavzu ichida “KO’CH | ONA TILI JUDA OSON

6- TEST TAHLILI
Fe’l mavzusi ichidagi 3-4 mavzu ichida “KO’CHISH HODISASI “ uchrab turadi . Ana shunday mavzulardan biri : FE’L ZAMONLARINING KO’CHISHI . Ya’ni fe’l turishidan o’tgan zamonda bo’ladi ,lekin ma’nosi kelasi zamonda bo’ladi ; yoki aksincha fe’l turishidan kelasi zamonda bo’ladi ,lekin mazmunan o’tgan zamonni bildiradi .

Bu ko’chishlar ,ayniqsa nimanidir o’xshatib hikoya qilib bergisi kelgan odam nutqida ko’p qo’llaniladi .
M; 1 Bir payt qarasam ,derazani sindiraman deb ,bolta ko’tarib kelyapti
( kelyapti –hozirgi zamon , lekin gapdagi mazmuniga ko’r u o’tgan zamon ma’nosini bildirib kelyapti )

2 Biz ertaga dam olishga Chimyonga ketyapmiz
(ketyapmiz –hozirgi zamon ,lekin kelasi zamon ma’nosini bermoqda .
Test
Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma'nosida qo'llangan?
A) Hozir yomg'ir yog'yapti, yo'lga chiqmaymiz.
B) Do'stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.
C) Xo'sh, anovi burchakda turgan divanni nima qildik.
D) Nozima bu yil yozgi ta'tilda qishloqdagi buvisinikiga ketmoqchi.

Javoblarni ko’rib chiqamiz :
A) Hozir yomg'ir yog'yapti, yo'lga chiqmaymiz.
Fe’l : yog’yapti – hozirgi zamon ,gapda bildirayotgan ma’nosi ham hozirgi zamon

B) Do'stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.

Olib ketyapman –hozirgi zamonda ,mazmunan kelasi zamonni ifodalab kelmoqda

C) Xo'sh, anovi burchakda turgan divanni nima qildik.

Nima qildik –o’tgan zamonda ,lekin mazmunan kelasi zamonni ifodalab kelyapti


D) Nozima bu yil yozgi ta'tilda qishloqdagi buvisinikiga ketmoqchi.
Ketmoqchi –kelasi zamonda ,mazmunan ham kelasi zamonni ifodalayapti ;

To’g’ri javob :
B) Do'stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.


H Qurbonboyev

https://t.me/ona_tili_juda_oson