Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 128.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 224

2021-09-16 11:19:1736% abituriyentlar 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan.

Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.

56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?

Ushbu balni olish uchun quyidagicha javob berish kifoya edi:

Majburiy blokdagi 10 ta savoldan tasiga;
Mutaxassislik blokidagi 20 ta savoldan tasiga.

Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kirish ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham koʻrish mumkinki, kirish ballari anchayin past, Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan. Bu haqda hali yana batafsil gaplashamiz.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

Sizningcha, nega bilim darajamiz xavotirli darajaga kelib qoldi? Oʻquvchilarning katta qismi eng elementar va sodda bilimlarni ham bilmasligiga sabab nima?


Manba: @xushnudbek

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
15.8K views08:19
Ochish/sharhlash
2021-09-16 11:18:01
Talaba bo'ling keyin pul to'lang

Boshlang'ich to'lovlarsiz Uydan chiqmagan xolda talaba bo'ling

Qirg'iziston(shartnoma puli-400$)
Tojikiston(shartnoma puli-450$)
Qozog'iston(shartnoma puli-550$)

Kontrakt:
Simestriga - 200$

Yo'nalishlar:
- Inglis tili
- Rus tili
- Pedagogika Psixologiya

- Yurispedensiya
- Iqtisod
- Moli
ya va +100 dan ortiq yoʻnalishlar mavjud.

Batafsil:
ARIEND_GROUP_uz

Viloyatda Filyallar

Murojaat uchun:
Toshkent +998555029292 |
Yozish
Toshkent +998900320292 | Yozish
Samarqand +998900650292 | Yozish
Navoiy +998909620292 | Yozish
Namangan +998900160292 | Yozish
Guliston +998900510292 | Yozish
Buxoro +998908130202 | Yozish
Jizzax +998909120292
| Yozish
Qarshi +998908140292 | Yozish

Telegram | Instagram | YouTube
15.1K views08:18
Ochish/sharhlash
2021-09-16 07:42:32 ​​​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
18.6K views04:42
Ochish/sharhlash
2021-09-16 07:00:26
Rasman! Endi xorijdagi o'qishni O'zbekistonga perevod qilishga ham yaqindan yordam beramiz!

Oliy ma'lumotli bo'lmoqchimisiz?
Qaysi sohaga qiziqasiz?


BEST CONSULT sizni qo'shni davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kafolatli o‘qishga kirishingizni 100% ta'minlaydi va "perevod" imtihonlariga sifatli darajada, qisqa muddatda tayyorlab (o'qitib), o'qishingizni O'zbekistonga ko'chirishga yordam beradi!

Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Tojikiston


Batafsil ma'lumot:

+998712000430 | Call center

994957432 | Toshkent
901041470 | Samarqand
904408885 | Qarshi
881271470 | Jizzax
950371470 | Farg'ona
991761470 | Xorazm
900811470 | Buxoro
992061470 | Navoiy
992366470 | Namangan
996191012 | Sirdaryo
944645599 | Termiz

Onlayn murojaat: @study_kz2

Ro'yxatdan o'tish | Telegram
16.7K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-09-16 06:49:50Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish 25-sentyabrga qadar uzaytirildi

Koʻp sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021-yil 25-sentyabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Abituriyentlardan hujjatlar quyidagi saytlar orqali onlayn qabul qilinadi:

kollejlarga kollej.edu.uz

texnikumlarga texnikum.edu.uz.

Roʻyxatdan oʻtish tartibi:

Elektron ariza toʻldiriladi;

Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi yuklanadi;

Pasport maʼlumotlar kiritiladi.

Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
16.7K views03:49
Ochish/sharhlash
2021-09-15 20:08:31
Registon ta'lim grantining Ona tili va adabiyot yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni yakunlandi

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'z natijalarini ko'rishlari hamda tanlovda ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Sertifikatlarni "Shaxsiy kabinet" yoki olimpiada oynasi orqali yuklab olishingiz mumkin

NATIJALARNI KO'RISH
SERTIFIKATLARNI YUKLAB OLISH

Ikkinchi bosqichga hamma yo'nalish imtihonlari yakunlangandan keyin start beriladi. Bu haqida batafsil OLIYGOH.UZ saytida ma'lumot joylaymiz, shuningdek 2-bosqichga o'tgan ishtirokchilarga sms xabarnoma jo'natamiz.
23.2K views17:08
Ochish/sharhlash
2021-09-15 19:25:39
ESLATMA: Registon ta'lim grantining Ona tili va adabiyot yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni 21:59 da yakunlanadi! Shu vaqtga qadar imtihonni yakunlashingiz kerak!

Tanlovda ishtirok etish
Tanlovda ishtirok etish

Ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikat beriladi.

Tanlov yutuqlari faqat abituriyentlarga taqdim etiladi

BATAFSIL MA'LUMOT

Final bosqichining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazida maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, QR-kodli diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Barcha tanlov ishtirokchilariga omad tilaymiz!
21.7K viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2021-09-15 18:00:41
1-bosqich boshlandi! Tanlovda barcha abituriyentlar ishtirok etishi mumkin!

Bugun Registon ta'lim grantining Ona tili va adabiyot yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni bo'lib bo'lib otadi:

1-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

Grant 10 ta yo'nalishda tashkil etilgan bo'lib, 3 bosqichda bo'lib o'tadi.

Muhim eslatma:
Grantning 1-bosqichi 20:00 dan 22:00 ga qadar davom etadi
Har bir ishtirokchida 30 daqiqa vaqt bor
Eng yuqori natija olgan nomzodlar keyingi bosqichga yo'llanma oladi

Tanlov yutuqlari faqat abituriyentlarga taqdim etiladi

BATAFSIL MA'LUMOT

Final bosqichining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazida maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, QR-kodli diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Ona tili va adabiyot yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihonida qatnashish:

Tanlovda ishtirok etish
Tanlovda ishtirok etish
Tanlovda ishtirok etish
22.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-09-15 17:06:30
1 soat qoldi!

Bugun Registon ta'lim grantining Ona tili va adabiyot yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni bo'lib bo'lib otadi:

1-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

Grant 10 ta yo'nalishda tashkil etilgan bo'lib, 3 bosqichda bo'lib o'tadi.

Shoshiling! Ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, sizda hali ham imkon bor.

Ro‘yxatdan o‘tish OLIYGOH.UZ sayti orqali amalga oshiriladi
16.7K views14:06
Ochish/sharhlash
2021-09-15 17:00:01
Registon granti uchun ro'yxatdan o'tganlar diqqatiga

Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.

"Shaxsiy kabinet" orqali ma'lumotlaringiz to'g'ri ekanligini tekshirib oling

Ma'lumot uchun:
"Shaxsiy kabinet" orqali shaxsiy ma'lumotlarni ko'rishingiz va tahrirlashingiz mumkin
15.9K views14:00
Ochish/sharhlash