Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 128.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 222

2021-09-21 06:18:00
Yangi O'zbekiston Universitetiga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

6-sentabr kunida o‘tkazilgan Yangi O'zbekistion Universiteti kirish imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytiga joylashtirildi.

Test natijalarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/Images/635441-uzbekistan-university-admissions-2021-list.pdf

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
14.6K viewsedited  03:18
Ochish/sharhlash
2021-09-20 20:52:33
Registon ta'lim grantining Kimyo yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni yakunlandi

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'z natijalarini ko'rishlari hamda tanlovda ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Sertifikatlarni "Shaxsiy kabinet" yoki olimpiada oynasi orqali yuklab olishingiz mumkin

NATIJALARNI KO'RISH
SERTIFIKATLARNI YUKLAB OLISH

Ikkinchi bosqichga hamma yo'nalish imtihonlari yakunlangandan keyin start beriladi. Bu haqida batafsil OLIYGOH.UZ saytida ma'lumot joylaymiz, shuningdek 2-bosqichga o'tgan ishtirokchilarga sms xabarnoma jo'natamiz.
17.2K views17:52
Ochish/sharhlash
2021-09-20 18:20:00
Kimyodan Grant!

Bugun Kimyo fanidan imtihonlar bo'lib o'tadi! Sizda Grant yutish imkoniyati mavjud.

Registon ta'lim grantining Kimyo yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni boshlandi:

1-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

Tanlovda barcha abituriyentlar ishtirok etishi mumkin!

Muhim eslatma:
Grantning 1-bosqichi 20:00 dan 22:00 ga qadar davom etadi
Har bir ishtirokchida 30 daqiqa vaqt bor
Eng yuqori natija olgan nomzodlar keyingi bosqichga yo'llanma oladi

Tanlov yutuqlari faqat abituriyentlarga taqdim etiladi

BATAFSIL MA'LUMOT

Final bosqichining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazida maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, QR-kodli diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Kimyo yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihonida qatnashish:

Tanlovda ishtirok etish
Tanlovda ishtirok etish
Tanlovda ishtirok etish
21.1K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-09-20 15:05:46 ​​ Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar!

«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTMni Marketing bo‘limiga borib rektori nomiga ariza yozib keladi.

Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida super kontrakt to‘lab o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 130 bo‘lgan deylik. 129 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 8 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 12 mln so‘m to‘lasa kifoya.

128,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 16 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan
ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 8 yo 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 130 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol qilib olsak, 125,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari mustaqil belgilashadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar
(masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 10 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 20 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 8 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
18.2K views12:05
Ochish/sharhlash
2021-09-20 14:40:53
Sizda talaba bo'lish istagi hali ham bormi?? Endi bu qiyin emas, Siz imtihonsiz talaba bo'lasiz!

"STUDY INFO" kompaniyasi
Chet el Universitetlarida o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda suhbat asosida talaba bo'lish imkonini beradi
Qozog'iston Rossiya
Qirg'iziston
Tojikiston

Moliya va Iqtisod, Neft va Gaz
Tibbiyot Turizm
IT sohalari Arxitektura
Kabi, 100 dan ortiq yo'nalishlar
QULAYLIKLAR
: Imtihonlarsiz.
: Ortiqcha hujjatlarsiz,
:Katta chegirmalar bilan!!
: Qonuniy va Ishonchli tarzda

Rasmiy filiallarimizga tashrif buyuring, yoki
ONLINE RO'YXATDAN O'TING
Bizga murojaat qiling,
Viloyatlar bo'yicha ''Call Center'' larimiz;

Asosiy ma'lumotlarni "STUDY INFO" bosh ofisi orqali olishingiz mumkin..
+998555000115

Online Murojaat

Telegram|Insta |WEB|TikTok |YouTube
15.4K views11:40
Ochish/sharhlash
2021-09-20 14:33:23
Har yili 100 nafar xotin-qiz talabaning kontraktini hokimliklar to‘lab beradi

Bu bo‘yicha hukumat qarori va tegishli nizom tasdiqlandi. Shu o‘quv yilidan boshlab viloyat hokimliklari har yili 25 nafar 1-kurs, 75 nafar katta kurslarning kontraktlarini 4 o‘quv yili tugaguncha to‘lab beradi. Ularni keyinchalik ish bilan ta’minlaydi.

Moliyaviy barqaror OTMlar esa 50 nafargacha xotin-qizni bepul o‘qitadi.

Qizlar mandat e’lon qilingandan 10 kun ichida OTMga ijtimoiy holati haqida ma’lumotnoma beradi, OTM esa 5 kun ichida ro‘yxat shakllantirib, hokimliklarga yuboradi. Bakalavriatning istalgan shaklida o‘qiyotgan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi. 2-mutaxassislikda o‘qiyotganlar uchun imtiyoz amal qilmaydi, o‘qishni ko‘chirganda ham kontraktni to‘lab berish to‘xtatiladi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
16.0K views11:33
Ochish/sharhlash
2021-09-20 08:48:08 Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
o'z xohishiga binoan;
o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
vafot etganligi sababli.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
18.7K views05:48
Ochish/sharhlash
2021-09-20 07:57:42
Endi uyda o’tirib, Masofaviy O’qib Xalqaro Diplom olish imkoniyati bor!
Firma to'lov ATIGI 2 900 000 so’m

BIZNING TAKLIF:
1. Imtihonsiz KAFOLATLANGAN tarzda O'qishga kirish
2. Sessiyalarda Amaliy Yordam 24/7 Aloqada!
3. O'zbekistonga o'qishga ko'chirishda Yordam

Quyidagi Rossiya va Qirg'iziston Universitetlarida Online (Masofaviy) o’qish imkoniyatingiz bor:
Moskva Moliya Universiteti - 500$
Omsk Gumanitar - 400$
YevrAzES - 700$
INTUIT - 550$

QABUL YAKUNLANMOQDA!

TOSHKENT:
33 5961001 | 94 0031001
33 3961001 | 33 4961001
SAMARQAND:
33 7881001 | 33 2071001
NAMANGAN:
99 9861001 | 99 6141001
99 9841001 | 99 6131001
FARG'ONA:
332921001 | 996371001
ANDIJON:
33 2621001 | 33 4521001
13.6K views04:57
Ochish/sharhlash
2021-09-20 07:38:41 Rasman! Super kontrakt uchun ariza topshirish 1-oktyabrgacha davom etadi!

2021/2022 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha arizalar topshirishning soʻnggi muddati 2021-yil 1-oktyabr kuni etib belgilandi.

Kirish imtihonlari natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktyabriga qadar tegishli oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari soʻraladi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
17.8K views04:38
Ochish/sharhlash
2021-09-19 20:27:05
Registon ta'lim grantining Biologiya yo‘nalishi bo'yicha 1-bosqichi imtihoni yakunlandi

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'z natijalarini ko'rishlari hamda tanlovda ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Sertifikatlarni "Shaxsiy kabinet" yoki olimpiada oynasi orqali yuklab olishingiz mumkin

NATIJALARNI KO'RISH
SERTIFIKATLARNI YUKLAB OLISH

Ikkinchi bosqichga hamma yo'nalish imtihonlari yakunlangandan keyin start beriladi. Bu haqida batafsil OLIYGOH.UZ saytida ma'lumot joylaymiz, shuningdek 2-bosqichga o'tgan ishtirokchilarga sms xabarnoma jo'natamiz.
20.5K views17:27
Ochish/sharhlash