Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon? Oliy ta’l | Oliygoh.uz | rasmiy

​​​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar