Get Mystery Box with random crypto!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida mavjud vak | Oliygoh.uz | rasmiy

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat test markazi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

1. Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
2. Test materiallarini chop etish va shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari, mavjud vakant lavozimni tanlab, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar:

Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimi uchun 2022-yil 14-yanvardan 23-yanvargacha (shu kuni ham);

Test materiallarini chop etish va shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimi uchun 2022-yil 16-yanvardan 25-yanvargacha (shu kuni ham);
qabul qilinadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar