Get Mystery Box with random crypto!

«Kelajak kasblari» loyihasi orqali zamonaviy kasblarni o'rgani | Olimjon Haydarov

«Kelajak kasblari» loyihasi orqali zamonaviy kasblarni o'rganish uchun 100%gacha grant yutib oling

«Najot Ta'lim» markazi dasturlash, grafik dizayn va SMM sohalarini o'rganmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Kelajak kasblari» loyihasi orqali GRANT e'lon qiladi.

Ta'lim grantida «Najot Ta'lim» Toshkent yoki Farg'ona filiallaridan birida o'qish niyati bo'lgan, "Kelajak kasblari" loyihasining talablariga mos yoshlar qatnashishi mumkin.

Loyiha bilan tanishish va ID raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

Grantga qabul saralash orqali bo'lib o'tadi. Saralash jarayoni orqali zamonaviy kasblarni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar uchun to'g'ri yo'nalish berish maqsad qilingan.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish bugun — 12-iyuldan boshlab 26-iyulgacha davom etadi. 16; 22; 23 va 30-iyul kunlari grant uchun kirish sinovlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarga grantda o'qishi uchun 6 oy davomida, tanlagan yo'nalishiga qarab “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida belgilangan mablagʻ to'lab beriladi.

Grant kim uchun: Kelajak kasblari loyihasiga kiruvchi barcha uchun
Qabulning oxirgi kuni: 26-iyul
Imtihon sanasi: 16; 22; 23 va 30-iyul
Imtihon manzili: «Najot Ta'lim» Chilonzor va Farg'ona filiallari

Grant uchun ro'yxatdan o'tish