Get Mystery Box with random crypto!

Aytishlaricha Qahramon Quronboyev Prezidentga yoshlar, sport v | Olimjon Haydarov

Aytishlaricha Qahramon Quronboyev Prezidentga yoshlar, sport va maʼnaviyat masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimiga tayinlanibdi( xabar rasman tasdiqlanmadi, hozircha).

Quronboyev bungacha amalda davlatning kadrlar siyosatini boshqargandi( Prezidentning Davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Lekin amalda maslahatchi lavozimi vakant boʻlgani sabab maslahatchi lavozimini bajargan).

Avvalroq Quronboyev Kamolot, keyinchalik Yoshlat ittifoqi rahbari boʻlgan.
Kamolot rahbari ekanida Kelin-kuyov kelayotgan kortejni toʻxtatib, ularni taksiga chiqarib yuborgani ortidan "taksiman" nomini olgandi.
Keyinroq Administratsiyaga oʻtgan, shundan buyon davlatning kadrlar siyosatini nazorat qilayotgandi.

Quronboyev davrida Kamolot yoshlari maksimal maddohlik choʻqqisiga chiqqan.
Yoshlar orasida qarsakbozlik, maddohlik faxrga aylangandi (bunda kim tashabbuskor, bilmadim).

Oradan bir necha yil oʻtib Quronboyev yana yoshlar masalasida masʼul boʻlibdi. Bu safar eng yuqori lavozim.

Kuzataylik-chi, qanday oʻzgarishlar boʻlar ekan.

@OlimjonHaydarov