Get Mystery Box with random crypto!

Одилбек Қодиров | Шеьрлар

Telegram kanalining logotibi odilbek_qodirov — Одилбек Қодиров | Шеьрлар О
Telegram kanalining logotibi odilbek_qodirov — Одилбек Қодиров | Шеьрлар
Kanal manzili: @odilbek_qodirov
Toifalar: Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.74K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy, ijodiy blog.
Шахсий, ижодий, блог.
Aloqa uchun:
Алоқа учун:
☎ 998889980070
@qodirov_odilbek
Muallif haqqiga hiyonat qilmang..

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-03 04:56:30
HAYRLI TONG

Yana bir tong, mayin shabboda,
Sirli olam choʻmgan har yonda.
Bundan goʻzal baxt yoʻq dunyoda...
Hayrli tong sizga qadrdon.

Quyosh turar ostonada shay,
Qushlar sayrar, qilgandek atay.
Boringizga shukurlar aytay.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Tinch yurtimiz, musaffo osmon.
Jonimiz sogʻ, oilamiz omon.
Biz hammadan baxtliroq inson.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Tun ham oʻtdi, charchoqlar ketdi.
Ajib hislar hiromlar etdi.
Yangi kunga fursat ham yetdi.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Chin yurakdan tilagim quvonch,
Tark etmasin kuch qudrat, ishonch.
Qani olam koʻzlaringni och.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Kulib tursin yuzingiz faqat,
Hamroh boʻlsin hamisha omad,
Hurmat asli goʻzal muhabbat.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Yaxshi, yomon kun yoʻqlaganim.
Koʻnglim choʻksa siz toʻqlaganim.
Alloh uchun ardoqlaganim.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Yaxshilikka koʻngillar toʻlsin.
Yomonliklar barchasi oʻlsin.
Yana bir kun muborak boʻlsin.
Hayrli tong sizga qadrdon.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
992 viewsedited  01:56
Ochish/sharhlash
2022-10-02 16:16:31 HAFA BOʻLMA MENDAN SEVGILIM

Shoʻxligim oʻn sakkiz yosh boʻlib,
Ranjitdim goh bagʻritosh boʻlib.
Xato qilsam gar bebosh boʻlib.
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Duch kelasan achiq soʻzimga,
Pand beraman oʻzim oʻzimga.
Koʻrinmagin desam koʻzimga,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Kuydurdima topib necha yor,
Qilaverib rashkinga duchor.
Oldingda koʻp gunoxlarim bor,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Yuzing burma, egma boshingni,
Uvoli bor har bir yoshingni.
Maqtamasam qalam qoshingni,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Baʼzan kulib turishdan qochsam,
Senga yomon feʼlimni ochsam.
Achchiq qilib qahrimni sochsam,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Qurbon boʻlsin poyinga har gul,
Gar hohlasang jonimni ham yul.
Arazingdan kechib bitta kul,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Farishtajon, malagim oʻzing,
Koʻksimdagi yuragim oʻzing.
Yolgʻizim sen, keragim oʻzing,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
717 viewsedited  13:16
Ochish/sharhlash
2022-10-02 15:27:48
Ha, qaynoq edi, bir piyola quyib, 
Biroz vaqt kutgandim sovib qoldi choy.
Bunchalar siqilma yuragim kuyib,
Vaqt oʻtsa soviysan sen ham hoynahoy...

Odilbek


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
685 viewsedited  12:27
Ochish/sharhlash
2022-10-02 11:26:11 EGMA BOSHIN

Shaxzod Ismatov

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
714 viewsedited  08:26
Ochish/sharhlash
2022-10-02 07:10:35 Bandasiga Egma Aslo Banda Boshin

Odilbek Qodirov
Marjona Olimova
Muhiddin Ma‘murivich


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
738 viewsedited  04:10
Ochish/sharhlash
2022-10-01 14:19:57
Sevarkansanda...

Shohista Ikromjonovna
Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
795 viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2022-10-01 10:11:16 SEVOLMAGAN QIZ

Ishqim qabul qilolmagan qiz,
Qadrimni hech bilolmagan qiz.
Kuyganlarim hamon esimda,
Men sevganda sevolmagan qiz.

Kuzatasiz pinhon koʻz tashab,
Tanimas deb yolgʻon soʻz tashab.
Yuribsizmi armonda yashab,
Men sevganda sevolmagan qiz.

Orzularim armonga otib,
Ketkandingiz sevgimni sotib.
Qoʻygandingiz baxtni yoʻqotib,
Men sevganda sevolmagan qiz.

Yurakkinam zorlangan payti,
Toʻy qilishdi yor yorlar aytib.
Ikki oyda kelibsiz qaytib,
Men sevganda sevolmagan qiz.

Dugonangiz aytar toʻyibsiz,
Bagʻringizni rosa oʻyibsiz.
Oʻgʻlingizga ismim qoʻyibsiz,
Men sevganda sevolmagan qiz.

Ona baxti gullab bogʻmikin,
Otasining koʻngli chogʻmikin.
Menga tegmay endi sogʻmikin,
Men sevganda sevolmagan qiz.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘v
810 viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2022-10-01 07:00:13
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
757 viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-10-01 03:59:21
Устоз... қалби меҳр билан гуллаган. Бегона болани ўз фарзанди каби кўрган. Тарифи отага тенг бўлган инсон. Устоз ҳаёт йўлларини гоҳи билим гоҳида ҳаётий қиёслар гоҳида даккилар билан чиза олган мусаввир. Устоз инсонни қалбига кириб ўз хотираларини билимларини панд насиҳатларини жойлай олган сехцргар. Устознинг инсон омиладаги рўли мукаммал. Устоз Оила.. ташвишлар.. иш.. барчасини уддалай олган аёл... ҳар қандай ғурур отига минганда ҳам ўз ғавғолари ўзининг ташвишлари етарли бўлса ҳам ўқувчининг ҳолатини тушьуна олган, базида ўқувчиси қилган хатоларини кечира олган раҳм эгаси. Устоз қадрлашга арзийдиган бармоқ билан санарли инсонлардан бири. Устоз ҳаёт тарбиячаси. Катта эшикларнинг калити. Инсоннинг йўл боши. Ҳа устозга тарифлар битишда қалам... айтишда сўзлар ожизлик қилади... устозларимиз бахтимизга соғ ва омон бўлишсин. Ушбу мисралар қадрли устозларимиз учун битилди.

УСТОЗ

Сен қалби меҳирга тўлган инсонсан,
Сенга қанча тазим қилсам шунча оз.
Сен онам кабисан, отамдек зотсан,
Меҳрингнинг оҳири бормикин устоз.

Сен мени болам деб қуча олгансан,
Кўнглимнинг қулифин оча олгансан.
Сендан ортда қолар фаришталар ҳам,
Фаришта сенга тенг келолмас устоз.

Ўзинг сайқал бердинг ҳаёт йўлимга,
Меҳрнинг уруғин сепдинг кўнглимга.
Жаннат ҳам жаннатдир она ва сенга,
Жаннатнинг гулисан жаннатий устоз.

Менга берган илминг зам замдек чашма,
Сенинг қалбинг буюк Аллоҳга ошна.
Мени ҳам ўзингнинг йўлинга бошла,
Эзгулик йўлисан аслида устоз.

Мен буюк шоирлар сиймоси эмас,
Дўстларим қатори бир ўқувчиман.
Мен сен ўргатгувчи нарсани эмас,
Сенинг ҳаётингни ўқиғувчиман.

Сенга қанча тазим қилсам шунча оз....

БАЙРАМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН УСТОЗ

Қодиров Одилбек


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
1.3K viewsedited  00:59
Ochish/sharhlash
2022-10-01 03:54:25 Ustozlarimiz uchun.

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar. Hamisha sogʻ omon boʻlinglar. Mehnatlaringiz roxatini koʻrishlik nasib qilsin.

Hayot katta yoʻldir yurmoqlik qiyin
Yurishni oʻrgatgan oʻgit beqiyos
Asta yoshim oʻtib borgani sayin
Sizni yaxshi koʻrib boryabman ustoz

Kim hunarmad kimdir ilmli inson
Kimlardir koʻklarda porlagan yulduz
Barchaning ortida kuydirgancha jon
Ustoz bor mehnatin ayamas hanuz

Qulogʻimda har on jaranglab turar
Bolam deb onamdek aytilgan ovoz
Davrimning quyoshi boshimda porlar
Barida hissangiz albat bor ustoz

Otamdek ulugʻim sogʻ omon boʻling
Uzoq umr koʻring yuzlarga kiring
Ijobatlar boʻlar duolar qiling
Iqbolimiz koʻrib quvonib yuring

Sizga qancha tazim qilsam shuncha oz
Mehringiz oxirin topmadim ustoz
Dunyo deb goh sizni unutganim rost
Erka shogirdingiz kechiring ustoz

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
881 viewsedited  00:54
Ochish/sharhlash