Get Mystery Box with random crypto!

HAFA BOʻLMA MENDAN SEVGILIM Shoʻxligim oʻn sakkiz yosh boʻlib | Одилбек Қодиров | Шеьрлар

HAFA BOʻLMA MENDAN SEVGILIM

Shoʻxligim oʻn sakkiz yosh boʻlib,
Ranjitdim goh bagʻritosh boʻlib.
Xato qilsam gar bebosh boʻlib.
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Duch kelasan achiq soʻzimga,
Pand beraman oʻzim oʻzimga.
Koʻrinmagin desam koʻzimga,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Kuydurdima topib necha yor,
Qilaverib rashkinga duchor.
Oldingda koʻp gunoxlarim bor,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Yuzing burma, egma boshingni,
Uvoli bor har bir yoshingni.
Maqtamasam qalam qoshingni,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Baʼzan kulib turishdan qochsam,
Senga yomon feʼlimni ochsam.
Achchiq qilib qahrimni sochsam,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Qurbon boʻlsin poyinga har gul,
Gar hohlasang jonimni ham yul.
Arazingdan kechib bitta kul,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Farishtajon, malagim oʻzing,
Koʻksimdagi yuragim oʻzing.
Yolgʻizim sen, keragim oʻzing,
Hafa boʻlma mendan sevgilim.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟