Get Mystery Box with random crypto!

Ustozlarimiz uchun. Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozla | Одилбек Қодиров | Шеьрлар

Ustozlarimiz uchun.

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar. Hamisha sogʻ omon boʻlinglar. Mehnatlaringiz roxatini koʻrishlik nasib qilsin.

Hayot katta yoʻldir yurmoqlik qiyin
Yurishni oʻrgatgan oʻgit beqiyos
Asta yoshim oʻtib borgani sayin
Sizni yaxshi koʻrib boryabman ustoz

Kim hunarmad kimdir ilmli inson
Kimlardir koʻklarda porlagan yulduz
Barchaning ortida kuydirgancha jon
Ustoz bor mehnatin ayamas hanuz

Qulogʻimda har on jaranglab turar
Bolam deb onamdek aytilgan ovoz
Davrimning quyoshi boshimda porlar
Barida hissangiz albat bor ustoz

Otamdek ulugʻim sogʻ omon boʻling
Uzoq umr koʻring yuzlarga kiring
Ijobatlar boʻlar duolar qiling
Iqbolimiz koʻrib quvonib yuring

Sizga qancha tazim qilsam shuncha oz
Mehringiz oxirin topmadim ustoz
Dunyo deb goh sizni unutganim rost
Erka shogirdingiz kechiring ustoz

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟