Get Mystery Box with random crypto!

#fakultetimiz_iftixorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan f | O'zMU Tarix fakulteti

#fakultetimiz_iftixorlari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, tarix fanlari doktori, professor Sulaymonov Rustam Hamidovich 1939-yil 30-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan.

U 1962-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Tarix fakultetining arxeologiya bo‘limini tamomlagan.

Rustam Sulaymonov o‘zbek arxeologiya maktabining an’analarini davom ettirib, O‘zbekiston janubida qator arxeologik obidalarni tadqiq etishda faol ishtrok etgan.

Uning ilmiy, pedagogik va jamoatchilik sohalaridagi faoliyati cheksiz baholanib Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan, O‘zbekiston fan arbobi.

Olim xalqaro miqyosida arxeologlar bilan ilmiy aloqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, u Germaniya Arxeologiya institutining faxriy a’zosi etib saylangan.