Get Mystery Box with random crypto!

#fakultetimiz_iftixorlari Tarix fanlari doktori, professor | O'zMU Tarix fakulteti

#fakultetimiz_iftixorlari

Tarix fanlari doktori, professor Murtazayeva Rahbarxon Hamidovna 1950-yil 20-mart kuni Namangan shahrida tavallud topgan.

1972-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Tarix fakultetini tamomlagan.

Olima universitetdagi 45 yillik mehnat faoliyati davomida uzoq yillar kafedra mudiri, universitetning birinchi prorektori lavozimlarida faoliyat yuritdi, hozirda magistrlarga saboq berib kelmoqda.

Uning tashabbusi bilan 2006-yili universitetda “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi ochildi. Olima “Millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik tarixi” ilmiy maktabining asoschisi hisoblanib, bu sohada ko‘plab salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Rahbarxon Murtazayeva mustaqillik davrida respublikada birinchilardan bo'lib “O‘zbekiston tarixi” fanini oliy ta’lim o‘quv dasturiga kiritish tarafdori bo‘lgan. U 400 ga yaqin ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.

Olima 1995-yili “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.