Get Mystery Box with random crypto!

Nurillokh_Ubaydullayev

Telegram kanalining logotibi nurillokh_ubaydullayev — Nurillokh_Ubaydullayev N
Telegram kanalining logotibi nurillokh_ubaydullayev — Nurillokh_Ubaydullayev
Kanal manzili: @nurillokh_ubaydullayev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33
Kanalning ta’rifi

Проста foydali ma'lumotlarni sizlar bilan bo'lishish uchun 🙂😉

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-02-13 22:23:35
Dasturlashni ko'pchilik o'rganib ish topolmay yurganlar qancha.

Xo'sh nima qilish kerak ?

Bizning fikrimizcha inson nimadir boshlashdan oldin bir to'xtab fikrlagan avfzal, bu kasbni daromadiga qiziqib qandaydir "hayplar" og'ushida kirib, qiynalgandan ko'ra inson o'z iqtidori bilan shug'ullangani hamma uchun foydali bo'ladi.

Agar iqtidoringiz dasturchilikda bo'lmasa o'zingizni va atrofdagilaringizni qiynamang!
72 viewsUbaydullayev_n, 19:23
Ochish/sharhlash
2023-02-09 23:33:03
Dasturchilar uchun foydali exetention
74 viewsUbaydullayev_n, edited  20:33
Ochish/sharhlash
2023-02-07 22:54:49 HTML rivojlanish tarixi.

1989 - Tim Berners - Lee invented www.

1991 - Tim Berners - Lee invented HTML.

1993 - Dave Raggett drafted HTML+

1995 - HTML working Group defined HTML 2.0

1997 - W3C Recommendation: HTML 3.2.

1999 - W3C Recommendation: HTML 4.01.

2000 - W3C Recommendation:  XHTML 1.0.

2008 - WHATWG HTML5 first Public Draft.

2012 - WHATG HTML5 Living Standard

2014 -  W3C Recommendation: HTML 5

2016 - W3C Candidate Recommendation: HTML 5

2017 - W3C Recommendation: HTML 5.1

2017 - W3C Recommendation: HTML
75 viewsUbaydullayev_n, 19:54
Ochish/sharhlash
2023-02-04 22:22:07 Akam manga latifa aytib berdi. Kulib, koʻzlarimga yosh kelib ketdi. Shu latifani yana aytib berdi. Kuldim, ammo koʻzim yoshlanmadi. Yana aytdi, uncha kulgim kelmadi. Yana aytdi, kulmadim. “Ortiq kulolmayman” - dedim.

Bir latifaga takror kulolmas ekansan, bir voqeaga nega takror siqilasan dedi.

(c) Komputsiy
65 viewsUbaydullayev_n, 19:22
Ochish/sharhlash
2023-02-02 09:25:07 Vikipediya: — Men hamma narsani bilaman

Google: — Men istalgan narsani tezda topa olaman

Faсebook: — Men hammani taniyman

Internet: — Baribir mensiz hechkimsizlar

Elektr: — Ovozlaringni oʼchirasanlarmi, yoʼqmi?
95 viewsUbaydullayev_n, 06:25
Ochish/sharhlash
2023-01-30 18:14:12
Apple kompaniyasi yangilangan IPhone 13 smartfonini sotuvga chiqardi. Ularni eski versiyalardan qanday ajratish mumkin ?

Apple kompaniyasi Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiyada yangilangan “iPhone 13” seriyali smartfonlarini sotishni boshladi. Bunday qurilmani eskilaridan farqlash oson, qutida smartfon tasviri o‘rniga faqat model nomi va “Apple Certified Pre-Owned” yozuvi bosilgan. Yangilangan “iPhone”larning barcha qutilari oq rangda, shuning uchun Pro versiyalarida farq yanada sezilarli, yangi smartfonlar uchun ular qora rangda bo‘lishi kerak.

Bu qurilmalar yaqin orada O‘zbekistonda ham paydo bo‘ladi. Agar siz qadoqlangan emas, balki ishlatilgan smartfonni sotib olsangiz va pulni tejash uchun qutisiz modelni olishga tayyor bo‘lsangiz, sozlamalar bo‘limidan qurilma haqidagi ma’lumotlarga qarang. Qayta tiklangan model raqamidagi F harfi bilan boshlanadi, yangisi esa M harfi bilan
99 viewsUbaydullayev_n, edited  15:14
Ochish/sharhlash
2023-01-27 21:01:21 React o'zi Nima ?

React - bu asosan web dasturlashda html,css va javascript lardan keyingi o'rinda turuvchi va o'rganiliniluvchi freymwork hisoblanadi. React JS orqali siz foydalanuvchi interfeyslarini(UI - User Interface) va saytingizning Front End qismini yaratishingiz mumkin. React Facebook tomonidan yaratilgan JavaScript fremworki hisoblanadi.
89 viewsUbaydullayev_n, 18:01
Ochish/sharhlash
2023-01-24 20:25:45 Hozir ham dasturchi sifatida algoritmlarni o'rganish muhimmi?

OXIRIGACHA O'QISH SHART


Mening fikrimcha juda muhim. Albatta, algoritmlarni yaxshi o'rganmasdan turib ham dasturchi bo'lish mumkin. Hozirgi kundagi dasturga va dasturlashga bo'lgan zamonaviy yondoshuvlar (ayniqsa OOP) ko'pchilikda algoritmlar keraksiz narsa degan tushunchani uyg'otishgacha bordi.


OXIRIGACHA O'QISH SHART



Keling, sizga bir haqiqatni aytaman: siz va biz OOP bilan erkin ishlay olishimiz uchun ham ancha-muncha algoritmlar o'ylab topilib, implement qilingan. OOP esa biz – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan juda chiroyli abstraksiya. Shunchalik chiroyli-ki, ko'pchilik OOPning o'zini dasturlashdagi elementar, atomic tushuncha deb o'ylashni boshladi. Komputerlar esa haliyam objectlar bilan emas, instruksiyalar ketma-ketligi bilan ishlaydi.


OXIRIGACHA O'QISH SHART




Siz bilan biz kundalik dasturlashda duch keladigan business-related (ya'ni to'g'ridan-to'g'ri loyihaning biznes tomoni bilan bog'liq) muammolar texnologik tomondan allaqachon hal qilib qo'yilgani uchungina algoritmlar bizga kundalik ishimizda kerak bo'lmayapti. O'zingiz o'ylab ko'ring, siz ishingizda foydalanadigan til, tarmoq, protokollar, tayyor software toollar (OS, database, proxy, MQ, ...) va hokazolar hammasi texnologik muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan va biz uchun abstraktlashib ulgurdi. Biz esa deyarli hech qanday murakkab texnologik muammoni hal qilmayapmiz.


OXIRIGACHA O'QISH SHART


Muammo shundaki, atrofimizdaki ko'pchilik dasturchilar asosan biznes muammolarni hal qiladi (oxirgi marta ishingizda qachon yangi protokol ishlab chiqishga ehtiyoj tug'ilgan?). Lekin hozir ham minglab dasturchilar sohadagi muhim texnologik muammolarni hal qilish ustida ishlayapti va bir-ikki yildan keyin biz ularning natijasidan shunchaki tekinga foydalanamiz.



OXIRIGACHA O'QISH SHART




Dasturlashdagi texnologik, ya'ni dasturlash sohasining o'zi bilan bog'liq muammolar doim algoritmlarga muhtoj bo'lgan va shunday bo'ladi. Siz saytingizni yaratish uchun qo'lda algoritm yozmayotgan bo'lsangiz bu algoritmlar kerak emas degani emas.

OXIRIGACHA O'QISH SHART



Xo'sh, algoritmlar qanchalik kerak? Bu ko'proq sizga bog'liq deb o'ylayman. Siz dasturchi sifatida nima ish qilasiz? Texnologik muammolarni yechasizmi yoki biznesdagi muammolarnimi?
109 viewsUbaydullayev_n, 17:25
Ochish/sharhlash
2023-01-23 17:09:05

Atom Odatlar - bu kitob aynan sizdagi bo`layotgan muammolarga yechib bo`lishi mumkin.Siz dangasa va bir ishni 1kun motivatsiya bilan qilib, 2kun yana o`sha ahvolga qaytib qolyabsizmi ?? Erta tongdan dars qilish sizga yoqmaydi.Turli hil bohonalar, bir kunlik maqsadlar qilinmasligi ??

Bilasizlarmi aynan shu holat hammamizda bo`lgan bo`lsa kerak.Shaxsan menda ham.Lekin Menda "Atom Odatlar" kitobi hayotimni tubdan o`zgartirishga yordam berdi deb , ayta olaman.

Shuni esdan chiqarmaylikki, Ilmni yarim yo`lda to`xtatish eng katta hato.Faqat takrorlash va yangi ilmlar o`rganish orqali siz shu sohada mukammal bo`lishingiz mumkin.Zeroki "Eshak ham ilmni takror , takror o`qiganda olim bo`lib ketar edi" !!! Harakatdan to`xtamang, Siz albatta maqsadlaringizga erishasiz
80 viewsUbaydullayev_n, 14:09
Ochish/sharhlash
2023-01-22 22:21:35 Kiberxavfsizlik nima?

Kiberxavfsizlik (ba'zan kompyuter xavfsizligi deb ataladi) - bu kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, elektron tizimlar, tarmoqlar va ma'lumotlarni zararli hujumlardan himoya qilish uchun texnik va amaliyotlar to'plami. Kiberxavfsizlik biznesdan tortib mobil texnologiyalargacha bo'lgan turli sohalarda qo'llanilish uchun o’z o’rnini topadi. Ushbu yo'nalishda bir nechta asosiy toifalarni ajratish mumkin:

• Tarmoq xavfsizligi - kompyuter tarmoqlarini turli tahdidlardan, masalan, maqsadli hujumlar yoki zararli dasturlardan himoya qilish bo'yicha harakatlar.

• Ilova xavfsizligi - jinoyatchilar dasturlarda yashirishi mumkin bo'lgan tahdidlardan qurilmalarni himoya qilish. Infektsiyalangan dastur tajovuzkorga himoya qilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarga kirish huquqini berishi mumkin. Ilova xavfsizligi ochiq manbalarda paydo bo'lishidan ancha oldin ishlab chiqish bosqichida ta'minlanadi.

• Axborot xavfsizligi - saqlash paytida ham, uzatish paytida ham ma'lumotlarning yaxlitligi va maxfiyligini ta'minlash.

• Operatsion xavfsizlik - axborot aktivlari bilan ishlash va himoya qilish. Ushbu turkumga, masalan, tarmoqqa kirish ruxsatlarini boshqarish yoki ma'lumotlarning qayerda va qanday saqlanishi va uzatilishini belgilaydigan qoidalar kiradi.

• Favqulodda vaziyatlarni tiklash va biznesning uzluksizligi - xavfsizlik hodisasiga (zararli faoliyat) va tizimni buzishi yoki ma'lumotlarning yo'qolishiga olib keladigan boshqa har qanday hodisaga javob berish. Favqulodda vaziyatni tiklash - bu tashkilot hujum oqibatlarini qanday hal qilish va biznes jarayonlarini tiklashni tavsiflovchi qoidalar to'plami. Biznesning uzluksizligi - bu zararli hujum tufayli tashkilot ma'lum resurslardan foydalanish imkoniyatini yo'qotgan taqdirda harakat rejasi.

• Xabardorlikni oshirish - foydalanuvchilarni o'qitish. Ushbu yo'nalish kiberxavfsizlik sohasidagi eng oldindan aytib bo'lmaydigan omil - inson ta'sirini kamaytirishga yordam beradi. Kimningdir xatosi yoki nodonligi tufayli hatto eng xavfsiz tizimga ham hujum qilish mumkin. Shuning uchun har bir tashkilot xodimlarni o'qitishi va ularga asosiy qoidalar haqida aytib berishi kerak: masalan, shubhali elektron pochta qo'shimchalarini ochmaslik yoki shubhali USB qurilmalarini ulamaslik.
67 viewsUbaydullayev_n, 19:21
Ochish/sharhlash