Get Mystery Box with random crypto!

Nurillokh_Ubaydullayev

Telegram kanalining logotibi nurillokh_ubaydullayev — Nurillokh_Ubaydullayev N
Telegram kanalining logotibi nurillokh_ubaydullayev — Nurillokh_Ubaydullayev
Kanal manzili: @nurillokh_ubaydullayev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33
Kanalning ta’rifi

Проста foydali ma'lumotlarni sizlar bilan bo'lishish uchun 🙂😉

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-03-30 22:40:34 Reactda nima gaplar-e?

Roppa rosa 1 hafta oldin React Labs jamoasi nimalar ustida ishlashayotgani bo'yicha hisobot maqola chiqarishdi.
Undan olinadigan xulosalar:

- React Server Components (RSC). React jamoasi asosiy e'tiborini xozir RSC ga qaratgan. Vercel o'tgan yili taqdim qilingan Next 13 versiyadan boshlab RSC'ni tajriba tariqasida qo'llab quvvatlashini boshladi. Server Componentlarni mavjud freymvorklar bilan ishlatish nisbatan oson. Ammo RSC bilan ishlaydigan custom framework yozish, RSC module bundler bilan chuqur bog'lanishni talab qilgani sababli, bir muncha qiyin. React jamoasi xozirda bundler ishlab chiquvchi dasturchilar bilan hamkorlik qilib, bu jarayonni yaxshilash harakatida.

- Asset Loading. React jamoasi Suspense yordamida asset(rasm, stylesheet, script)larni yuklashni yaxshilash ustida ishlashmoqda. Xozirgi holatda brauzer assetlarni bir-biridan mustaqil tarzda yuklagani sababli foydalanuvchi interfeysida sakrashlar, elementlar surilishi bo'ladi. Yangi yechimda, React, Suspense bilan yuklangan komponentda rasm, script, media fayllar tayyor bo'lganini aniqlay oladi, va foydalanuvchiga hammasini birdaniga ko'rsatadi.

- React Optimizing Compiler. Bu xozirda Metadagi production ilovalarda test qilinib ko'rilayangi yangi kompilyator bo'lib, React kodimizni optimize qilishga yordam beradi. Muallifning aytishicha, React ba'zida keragidan ortiqcha re-render'ni amalga oshiradi. Har render bo'lganda yangi obyekt yoki array yaratilishi sababli, dasturchi ba'zi holatlarda kodni o'zi memoize qilishiga to'g'ri keladi. Yangi kompilyatordan maqsad, React faqat kerakli state o'zgarishlarini amalga oshirib, memoization qismini avtomatlashtirish.
(Shaxsan men bu yo'lni, Svelte va Solid tanlagan yo'l deb o'ylayman. U yerda ham ortiqcha re-render, memoization'larga hojat yo'q. Faqat qaysi qiymat o'zgarsa, u ishlatilgan joylar yangilanadi. Bu esa kompilyator yordamida, kodni build vaqtida chuqur analiz qilib chiqish orqali amalga oshiriladi)
31 viewsUbaydullayev_n, 19:40
Ochish/sharhlash
2023-03-29 20:45:02
O‘zbekistondagi ilk aqlli ovozli yordamchi – Mohira!

Endilikda biror yumushni bajarish yoki ma'lumotlarni topish kerak bo‘lsa, “Siri”, “Alexa” yoki “Alisa”ga emas, “Mohira”ga ham murojaat qilish mumkin.

Xizmatning to‘liq nomi MohirAI. "AI" bu yerda "sun’iy intellekt" ma’nosini anglatadi. Uni chaqirish uchun esa Mohira yoxud Mohir ismlari tanlangan.

Loyiha 2021 yilda boshlangan. O‘shanda 300 soatga yaqin ovoz 2-3 oy davomida 100 tacha odamlar tomonidan onlayn yig‘ilgan. 2022 yilga kelib esa Yoshlar ishlari agentligi yordami bilan 200 nafar odam 1 oy oflayn ishlash natijasida 1000 soatlik ovoz qayta ishlangan. Tizimni ishga qo‘yish uchun xalqaro kompaniya Amazondan $10 minglik kredit ham olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ovozli yordamchi bugungi kunning eng trenddagi sun’iy intellekt platformalaridan biri – ChatGPT' bilan Ishlaydi.
13 viewsUbaydullayev_n, 17:45
Ochish/sharhlash
2023-03-27 22:17:54
Neyron tarmoq ob-havo maʼlumotlariga yetib keldi

Stavropolda mahalliy kanalda butunlay sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan ob-havo prognozi ishga tushirildi.

Hatto boshlovchi Snejana Tumanova ham boshdan-oyoq neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan.

Virtual qiz jonli teleboshlovchilarni almashtirishga jiddiy qaror qildi. Ammo kanalning o'zida ular bu shunchaki tajriba ekanligini va hozircha hech qanday almashtirish haqida gap bo'lishi mumkin emasligini tushuntirishmoqda.
22 viewsUbaydullayev_n, 19:17
Ochish/sharhlash
2023-03-23 03:01:30 Zilzila go'zal eslatma...

Kechagi zilzila Ramazon oyi kirib kelishidan avval go'zal eslatma bo'ldi, shaxsan men uchun.

Nimaning eslatmasi?

Tavbasiz gunohlarimiz ko'pligini eslatmasi. O'lim bilan yuzlashishga hali tayyor emas ekanligimiz eslatmasi. Yaqinlarimizdan ayrilishdan qo'rqishimiz va ularni biz o'ylaganmizdan-da ko'proq yaxshi ko'rishimiz eslatmasi. Va yana ko'pdan ko'p tuyg'ular...

Ha, bugun masjidlarda taroveh namozlari boshlanadi, Ramazon kirib keldi. Tavba qilish, poklanish va o'zimizni isloh qilishimiz uchun eng go'zal lahzalar eshik qoqib turibdi. Rahmat va mag'firat oyi, tavba oyi, sakinat oyi kirib keldi...

Xullas, Ramazondan bir kun avval bunday zilzila bo'lishi biz Ramazon oyiga, undagi Allohning rahmatiga qanchalik muhtoj ekanligimizni eslatadi.
52 viewsUbaydullayev_n, 00:01
Ochish/sharhlash
2023-03-11 13:05:15 Dasturchining miyasi muntazam mashg'ulotlarga muhtoj. Bunda esa turli xil masalalarni yechish mumkin bo'lgan saytlar yordam beradi. Quyida shunday saytlarning 5taligi:

TopCoder. Bu ajoyib sport dasturlash platformasi. Bu yerda har oy turnirlar o'tkaziladi. Bu boshqa ishtirokchilar bilan raqobatlashish va o'z mahoratini oshirish uchun ajoyib imkoniyat.

Coderbyte. Bu yerda siz nafaqat har qanday murakkablikdagi dasturlash masalalarni, balki foydali materiallarni ham topasiz: bu algoritmlar bo'yicha bir qator o'quv qo'llanmalari, intervyularga tayyorgarlik kurslari.

Project Euler. Matematik masalalarni yechish uchun kichik dastur yozish topshiriqlar to'plamini o'z ichiga oladi.

HackerRank. Bu turli sohalardagi masalalarni topishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi platformalardan biri: algoritmlar, matematika, SQL, funktsional dasturlash, sun'iy intellekt va boshqalar.

CodeChef. Dasturlash masalalaridan tashqari, bu sayt o'zining rivojlangan jamoasiga ega, bu yerda dasturchilar forumlarda muloqot qilishadi, tanlovlarda qatnashadi.
25 viewsUbaydullayev_n, 10:05
Ochish/sharhlash
2023-03-01 15:05:41 ​​Upwork.com bu butun dunyo bo’ylab frilanserlar va ish beruvchilarni bog’lab beruvchi platforma. Ko’pchilik bu haqida eshitgan, man esa sizlar eshitmagan 10 ta faktni sanab o’taman.

Upwork 2015-yilda ikkita mustaqil frilanserlik platformalari, Elence va oDeskning bir-biriga qo’shilishidan yuzaga kelgan.

Platformada 5 milliondan ortiq klientlar va 18 millionta frilanser ro’yxatdan o’tgan.

Frilanserlar Upworkdan umumiy 2.7 milliard dollardan ziyod pul topishgan.

Upworkdagi eng mashxur ish berish yo’nalishlari bu web, mobile va software engineering.

Upwork frilanserlardan olinadigan soliq evaziga soqqa qiladi
51 viewsUbaydullayev_n, 12:05
Ochish/sharhlash
2023-02-28 10:45:27 ChatGPT haqida ...

ChatGPT - bu sun'iy intellekt texnologiyasi tomonidan boshqariladigan tabiiy tilni qayta ishlash vositasi bo'lib, u sizga chatbot bilan odamlarga o'xshash suhbatlar o'tkazish imkonini beradi. Foydalanish hozirda hamma uchun ochiq, chunki ChatGPT tadqiqot va fikr-mulohazalarni yig'ish bosqichida
43 viewsUbaydullayev_n, 07:45
Ochish/sharhlash
2023-02-26 13:52:43 Dasturlash tillari Haqida


1 - Python. Tiobe va IEEE ikkita platformasi reytingi e'lon qilinganidan keyin u uzoq vaqt davomida ro'yhat yetakchisi bo'lib qoladi. Kam ishlatilishiga qaramay, til yangi boshlovchilar uchun juda qulay.
2 - Java. U hali ham chempionlik uchun kurashadi va o'z o'rnini boshqa birovga berib qo'ymaydi. Murakkab, fundamental va barqaror til Android ilovalarini ishlab chiqish uchun rasmiy til hisoblanadi.
3 - C. O‘z maqomidan butkul chetda qolgan keksa va donishmand eski avlod. U yuqori mahsuldorlik va tezlik bilan ajralib turadi, shuning uchun u OT ni ishlab chiqish uchun ideal dasturlash tili hisoblanadi, Keksa va eski - biz hushomad ma'nosida !.
4 - C#. Microsoft uchun asosiy dastur tili bo'lgan ko'p funksiyali til. U server ilovalaridan tortib mobil o'yinlargacha hamma narsani qila oladi.
5 - C++. O'yinlarni rivojlantirishning oltin standarti dasturchilarni tezligi va funksionalligi bilan xursand qiladi. Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash kontseptsiyasi va C sintaksisining kombinatsiyasi tufayli u uzoq vaqt davomida ko'pchilik dasturchilarning sevimlisi bo'lib qoladi.
6 - JavaScript. Interaktiv veb-saytlarni yaratishingiz mumkin bo'lgan front-end uchun guru, ko'p yillar davomida etakchi bo'lib qoladi.
46 viewsUbaydullayev_n, edited  10:52
Ochish/sharhlash
2023-02-20 13:59:15 Ko’pchilik so’rgan savol Junior dasturchilar uchun endi ish bo’lmaydimi? Ushbu postda javob olasiz. Men bu savolga dasturchi sifatida emass, umumiy qilib javob berishga xarakat qilaman.

O’ylaymanki 90% odam xozirgi Suni’y intelekt haqida eshitdi. Xozirda u Kod yozish, Rasimlarni generatsiya qilish, xar hil mazmundagi postar yozishi mumkin va hamda odamlar bilan muloqot ham.

Dizaynerlar, rassomlar va Illyustratorlarni ishini olib qo’yishi mumkinmi? Yo’q. Sababi u generatsiya qilgan rasimlarni 95% xolatda tog'irlash va oxirgacha yakunlash lozim. Lekin bu samaradolikni oshiradi.

U matn bilan ishlaydigan odamlarni almashtiradimi? (kopirayterlar va boshqalar) Balki. AI juda munosib tarzda matn yaratadi va ularga tahrir qiladi. Buyurtma bo'yicha ishlayotganda, kopirayterlar o'zlari ko'pincha mavzuni yaxshi bilishmaydi, lekin AI ularga juda ham kotta yordam berib keng qamrovdagi ma'lumotlarni to'plab bera oladi.

Yuqoridagi ikki soha egalari uchun mualliflik huquqi va o'ziga xoslik masalasi hali ham mavjud. Ammo hamma narsa neyron tarmoq o'qitilgan aktivlarga bog'liq bo'ladi. Hozircha men pretsedentlarni ko'rmadim, lekin kelajakda ko'ramiz

Dasturchilarni almashtira oladimi? Yo'q, lekin bu ishlarni ancha osonlashtirishi mumkin. AI haqiqatan ham kod, funktsiyalar, testlar, so'rovlar va boshqalarning katta bo'limlarini yaratishi mumkin. Hamma narsa zohirida vau tuyulishi mumkin, lekin ...

Yozgan kodlarida ko'p xatolar uchradi, bu narsani kimdur tahrir qilishi lozim.
U kodlarni shu qadar o'ziga ishonch bilan izohlaydiki, siz u yozgan narsani integratsiyalanmaguningizcha, nima noto'g'ri ekanligini tushunolmaysiz.
Xar yozgan kodlarni siz o'z proyektingizga tog'ri tahrirlab qo'yishingiz kerak bo'ladi. Bu degani... bu qanday kod ekanligini tushunishingiz kerak! Aks holda, siz nusxa ko'chiradiganga o'xshab qolasiz.
Va natijada mavhumlikning yana bir darajasi paydo bo'ladi. Ko'pchilik, agar dasturchilar AIga tayansa, bu hatto ishni murakkablashtirishi mumkin deb hisoblaydi. Axir, yaratilgan kod boshqa birovning kodining bo'limlari bo'lib, ularni hali ham tahlil qilish va tushunish kerak.

Va yaqinda GitHub Copilot paydo bo'lgan edi va hamma dasturchilar endi kerak bo'lmaydi deyishgandi. Lekin hamma bu haqda nimanidir unutdi. ChatGPT ko'proq foydali bo'ladi, siznig yordamchingiz bo'ladi chunki u kontekst bilan ishlaydi va kodingizni o'zgartirishi mumkin.

Junior dasturchilarga keladigon bo'lsak, Shunchaki, endi talab qilinadiganlarga kodni o'qish va yaratish mahorati qo'shiladi. Har qanday holatda, siz AI nima qilishini va uni qanday integratsiya qilishni tushunishingiz KERAK. Sifatsiz junior AI chiqishidan oldin ham xech kimga kerak bo'lmagan. Shu sabab o'zingizni ustingizda ko'proq ishlang va o'qing. Bilimli inson xech qachon va xech qayerda xor bo'lib qolmaydi.
59 viewsUbaydullayev_n, 10:59
Ochish/sharhlash
2023-02-16 23:11:21 Rizqing 121 kunlik bo'lganingda bitib qo'yilgan. ChatGPT, Copilot'lar chiqib seni rizqingni tortib ololmaydi, chunki rizq ularni qo'lida emas. Rizqingni kelish yo'li o'zgarishi mumkun xolos. Misol uchun, hozir frontend dastruchisi bo'lsang, 5 yildan keyin balki AI dasturchisi bo'lib ketarsan, balki umuman yangi kasb egasi bo'larsan. Taqdiringga bitilgan mayda guruch ham og'zingga yetib boradi. Hohlasang ishon, hohlamasang yo'q. Ishonmasang, tipirchilayverasan, hayotingdagi halovatni yo'qotasan. Kelajakdan havotirlanma. Buguningni ga'nimat bil, bugun sendan talab qilingan, seni yelkangdagi ishlarni bajar, zamondan orqada qolib ketma, o'z ustingda ishla, mehnatni qil, natijani albatta ko'rasan.


INSHAALLAH zor boladi
64 viewsUbaydullayev_n, 20:11
Ochish/sharhlash