Get Mystery Box with random crypto!

Nimadandir ichim siqilgan, nimanidir oʻylayapman, ichimda kimd | 🌏 Numon Nasrullayev

Nimadandir ichim siqilgan, nimanidir oʻylayapman, ichimda kimdir yuragimni qattiq qisib turgandek, ammo, oʻzim ham bilmayman. Har doimgi harakatlar, kitob oʻqidim, dars qildim, internettan bitta maqolani oʻqiyman deb qidirdim, telefonimga qaysidir gruppadan xabar keldi oʻqib, unga chalgʻib kettim, boshimni koʻtarib qarasam soat 00:00dan oshgan. Xuddi, bir dunyo ishni qoyillatib qoʻygandek, ochiq qolgan maqoladan, yarmi chala oʻqilgan kitobdan, bosh qism devorga yopishtirilgan turli shakdagi qayt qogʻozchalardan kechirim soʻrab, joyimga yotdim. Telefonimni quvvatlay deb, uladim-u, ichimdagi boyagi his ketmaganini his qildim. Telni oldim imoga kirdim onam joʻnatgan ovozli xabarlarini qayta qayta eshitib chiqdim. Sabrim yetmadi avval joʻnatilgan xabarlarga yana bitta xabar qoʻshib qoʻydim.
B: Onajon sizlarni juda ham sogʻindim. Hayrli tun yaxshi dam olinglar.Sizlarni juda yaxshi koʻraman.
Telefonimni qayta quvvatga ulab, ichimdan oʻtqazdim "ERTAGA KOʻP-KOʻP GAPLASHAMAN, AMMO, JUDA KOʻP GAPLASHAMAN" diya oʻtqazdim. Ichimdagi bulutlar qayerga ketti bilmadim, muhimi yuragimni changallab turgan boyagi odam qayergadir gʻoyib boʻldi.


P.s: Xatolar uchun uzr. Hamma hato qiladi. Xato qilsangiz ham imkoningiz borida, har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham ota-onangiz bilan KOʻP-KOʻP gaplashing, ammo, haqiqattan ham juda koʻp gaplashing. Xato boʻlsa ular tuzatishadi...