Get Mystery Box with random crypto!

#oilangni #sogʻindingmi Assalomu aleykum! IMO (OILANGNI | 🌏 Numon Nasrullayev

#oilangni #sogʻindingmi

Assalomu aleykum!

IMO
(OILANGNI SOGʻINDINGMI-3.
AİLENİ ÖZLEDİN Mİ 3.)

Dengiz, qushlar, kemalar, sovuqqina shamol, çay-çay-çay-çay deb har ikki daqiqada qulogʻingni tagida baqiradiganlar, sevishgan juftliklar, qoʻshiq hirgoyachilari bilan andarmon boʻlib, dengizni tomosha qilib oʻtiribman. Birisi kelib men oʻtirgan harsangdan oldinroqda katta, tekis tosh ustiga joylashdi, maskasini chiqarib ooooohhhh dedi. Uyoq buyogʻini tuzatib, nimanidir qidirgandek, avval choʻntaklariga qaradi, soʻmkasini titkilab, berkitib qoʻygan xoʻrozqandini topgan yosh boladek xursand boʻlib, hah buyerda ekan qabilidagi harakatlari bilan sigaret chiqardi, bittasini oldida,ogʻziga ildirdi. Uyoq buyogʻini yana titkilagan kishi boʻlib, atrofiga qaradi, menga yuzlanib:
A:pardon, ateşiniz var mı? (Kechirasiz, oloviz bormi?)
B:Maalesef sigara kullanmıyorum (afsuski sigaret chakmayman)
A:ben düşürdüm galıba (men tushirib qoʻydim shekilli)
B:...
A:Amca ateş var mı? (Amaki olov bormi)
C:Büyür kızım (marhamat qizim)
A: teşekkür ederim (rahmat)
C:rice ederim (arzimaydi)
Amakidan sigaretni tutatib, chuquur bir tortti, uzooq uufladi. Menga bir qarab qoʻydida
A:ee hayat nasıl gidiyor ( ee hayot qanday ketyapti)
B:çok şükür, çok iyi.( Shukur, juda yaxshi)
A:bende iyi değil (menda yaxshi emas)
B:... Xuddi men soʻraganday
A: napiyorsun burda (nima qilyapsan buyerda)
B: hiç, öylesine hava alıyım dedim (hich, shunchaki havo olay dedim)
A:canın sıkın gözüküyor? (Joning siqilgandek koʻrinadi)
B:yoo, niye (yoʻq, nega)
A:Nerelisin? (Qayerliksan?)
B:Özbekistanlıyım (Oʻzbekistonlikman)
A:öğrenci misin? (Talabamisan?)
B:evet
A:belli, çalışanlar bu saatta burda böyle oturmazlar izin günüde evlerinde yatarlar. (Ma'lum, ishlaydiganlar bu vaqtta bu yerda, bunday oʻtirishmaydi. Dam olish kunida ham uyidan chiqmay yotadi)
B:...
A:öğrencisin, derslerden, evdeb sıkıldın, çıktın geldin kafa dağıtıyım, biraz hava alıyım dedin. (Talabasan, darslardan, uydan joning siqildi, biroz havo olaman, boshimni chalgʻitaman deb chiqib kelding)
B:...
A:Anne baban var mı? Konuşuyor musun? ( Ota-onang bormi? Gaplashib turasanmi?)
B: evet var, konuşuyorum arada. (Ha bor, orada gaplashib turibman)
A:benim anne babam yok (mening ota-onam yoʻq) Dengizga qaradi uzoooqlarga qarab turdi.
Oradan biroz vaqt oʻtti, xuddi, ota-onasi xotirasi uchun 1 daqiqa sukut saqlagendek. Oʻrnimdan tursammikan deb oʻylab boshladim. Jimlikni buzib:
A:anne babanla çok konuş, çok çok ama gerçekten çok konuş. (Ota-onang bilan koʻp gaplash, koʻp-koʻp, ammo, haqiqattan ham koʻp gaplash)
B:tamam
Oʻrnimdan turdim, xuddi, sher quvib kelayotgan ovchidek u qizdan uzoqlashdim. 50 metrlar yurganimdan keyin orqamga qaradim "sher" mobodo quvib kelmayaptimikan deb. Qiz koʻrinmadi. Ammo, gaplari shundoq ham sogʻingan yurakka, oʻylangan boshimga yana bir yuk boʻldi.
B:"Nomart" nozik joydan urdiku.
Yoʻlda ketayotib telefonimni qoʻlimga oldim, Imodan onamga tel qildi. Internet juda "zoʻr" ishlaganidan shekilli internetlari oʻchiq. Akamga tel qildim, poytaxtta internet "serob" akamni telifoni chalib boshladi. Koʻtardilar
A:allo ukajonim qalesiz?
B: assalomu aleykum akajonim. Yaxshi rahmat, oʻziz tuzukmisiz?
A:rahmat, sogʻligiz, oʻqishlariz yaxshimi? Nima kamchilik ukajonim, puliz bormi joʻnataymi? (Bir yil ikki oydan beri shu gap oʻzi puli yoʻq aslida, akada baribir aka)
B: rahmat menda hammasi zoʻr, hovotir olmang. Sogʻligim, oʻqishim ham zoʻr. Uydagilar bilan gaplib turibsizmi? Onam dadam qaleylar?
A:ha gaplashdim yaxshilar, ertaga shaharga chiqib sizga tel qilishar ekan. Shaharda internet yaxshiroq ishlaydi deyishdi.
B:ha yaxshi kutaman unda ertaga.
A:ukam gaplashamiz uyga borib telefon qilaman, oʻzizni extiyot qiling.
B:hoʻp akajonim, siz ham oʻzizga qarang. Ishdasiz issiq kiyining.
A:hoʻp, omad
B:mayli, gaplashamiz
Ertangi kunni kuta boshladim. Aslida har kunim shunday oʻtadi. Telimni qoʻlimga olsam albatta imoga kirib onam dadamga tel qilib koʻraman. Koʻpincha internet oʻchiq, yoki ishlamayotgan boʻladi. Metroga mindim, uyga keldim. Kech boʻlib qolgan.