Get Mystery Box with random crypto!

Mo'jizalar bo'lmaydi. | Numberspeaks

Mo'jizalar bo'lmaydi.
2023-yil uchun juda quvonarli yangiliklar bizni kutyapdi, har holda murojatda favqulodda dolzarb masalalar ilgari surildi, ba'zilar esa ikkinchi ma'muriyatning, ikkinchi davri deya aytishmoqda. Lekin ochig'ini aytish kerakki, ko'tarilgan masalalarning ijrosi to'la ta'minlansa ham birdan hammasi yaxshi bo'lib ketmaydi. Yirik amaldorlarning aksari korrupsiya va nepotizm ortidan lavozimga erishgan va saqlab turibdi, ular o'zlarni yo'q qilish uchun kurashmaydilar va shuningdek boyliklari manbasini saqlash uchun borini beradilar. Hozirda ko'tarilgan muammolar katta ehtimol 2023 va 2030- yillar uchun ham dolzarb muammo sifatida ko'tarilishi turgan gap. Eyforiyaga berilish kerak emas, hech qaysi tizim yoki amaldor bir dumalab yaxshiroq bo'lib qolmaydi. Berilayotgan va'dalar esa kasal uchun doriga o'xshaydi, ularga o'rganib qolishgan, ularsiz yashay olishmaydi. Mo'jizalar bo'lmaydi, lekin mo'jiza ko'rishni istovchi katta aholi qatlami mavjud, ular, albatta, mo'jiza ko'rishadi faqat real hayotda emas ba'zi hisobotlarda va O'zbekiston24 telekanalida.