Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyatining 2020 yildagi YaHM (yalpi hududiy mahs | Numberspeaks

Surxondaryo viloyatining 2020 yildagi YaHM (yalpi hududiy mahsuloti) 24 trln so'mni tashkil etgan bo'lib respublika YAIMining 4,1 % ini tashkil etgan. Shuningdek mahalliy byudjet daromadlari ≈1,4 trln so'm atrofida bo'lgan. Viloyat byudjetining (14 ta) tumanlar kesimidagi ulushini topishning imkoni bo'lmadi, shu sababli bitta tuman budjeti uchun o’rtacha ko’rsatgich(100 mlrd so'm)da deb qarasak, demak, Muzrabot tumani hokimi o'z mehnat faoliyati davomida butun boshli tumaning yillik mahaliy byudjet daromadlaridan taxminan 2 barobar ko'proq pullarni talon-toroj qilgan bo'lib chiqadi. Ammo hokimlarning "daromad" lari shu bilan cheklanib qolmaydi, turli xil tayinlovlar, davlat xaridlari, foydaga sherikchilik, pora olishlar ham mavjudki, bularni ham qo’shib hisoblaganda tuman hokimi yuqorida keltirilgan miqdordan ko'ra ko'proq pullarni o’zlashtirgan(yoki o’g’irlagan) bo’lishining ehtimoli yuqori. Bir tendensiya qiziqki, yaqin o’tmishimizda faqat hokim o'rinbosarlari jinoyatchi sifatida qo’lgan olinar edi, bugungi kunga kelib ko’rmoqdamizki, hokimlarning ham jinoyatlari ommaga ochiqlanish holatlari tez-tez uchrab turibdi(albatta hozircha tuman darajasida).

Ko'pchilik yechim sifatida hokimlarni saylash, vakolatlarini kamaytirish, mahalliy kengash vakolatlarini kengaytirish ularga oylik maoshlar berish, hokimlarni tiyib turishning turli mexanizmlarini yaratish, korrupsiyaga qarshi qattiq kurashish, mustaqil sud, kuchli institutlar, inkluziv hukumat, ayol hokimlarni tayinlash, insofli dindan yaxshigina xabardor hokimlarni tayinlash yoki umuman hokimlarni maxsus tayyorlash kabilarni ko'rsatishadi. Yana boshqa tomondan, hokimlar muammosi aslida jiddiy, bu muammoni yechish uchun islohatlarni eng yuqoridan yoki uning aksi eng quyi davlat organlaridan boshlash kerak degan fikrda bo’lganlar ham ko’plab topiladi. Yana bir guruh insonlar esa sabablar bilan kurshish kerak oqibatlar bilan emas degan fikrni ilgari suradi, nega deyilganda oqibatlar bilan kurshish muammoni yo'q qilmaydi(balki orqaga suradi xolos).

Muzrabot tumani hokimi o'zlashtirgan xalq pullari baribir xalqqa qaytmaydi, hokim esa katta ehtimol bilan qamaladi va qamoqda ham xalq soliqlari evaziga saqlanadi. Qanday ijobiy yechim tanlanishidan qat’iy nazar, mummo ancha yillar shu holatda saqlanib qolaveradi. Siyosatchilar ta’biri bilan aytganda kichik ammo sifatli qadamlarni tashlashdan xalq ham, hukumat ham to'xtamasligi shart. Ana shunda nisbatan yaxshiroq kelajakka umid bog’lash mumkin(chamamda).

@numberspeaks