Get Mystery Box with random crypto!

NOU Production

Telegram kanalining logotibi nou_production — NOU Production N
Telegram kanalining logotibi nou_production — NOU Production
Kanal manzili: @nou_production
Toifalar: Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-11-01 18:08:17
#voqea

Bugun bir voqea boʻldi. Sinfimizda deyarli pul yigʻiladigan ishlar boʻlsa oʻsha ishlarda men bosh boʻlaman, yaʼni men yigʻaman pullarni. Boya ham bir sinfdoshim menga 45 000 deb pul berdi, oʻqituvchimizga berishim kerak edi, sanadimmi yoki yoʻqmi eʼtibor bermabmanda oʻqituvchimizga 45 000 deb beribman Keyin oʻqituvchimiz oxirgi soatimizdan oldin kelib meni chaqirdi pul 35 000 ku dedi Men hayron qoldim, chunki sinfdoshimdan pulni olib sumkamga qanday solgan boʻlsam oʻqituvchimizga ham shunday bergandim Rosa oʻyladim, men pulni qoʻygan joyimdan tushib qolishini ham hech iloji yoʻq edi-da... Sal oldin, yaʼni boya oʻsha sinfdoshim yozib qoldi... Agar u yozmaganida men oʻzimni yonimdan toʻlar edim chunki sanab olmagan edim Ammo insofli sinfdoshlarim bor Bu qisqacha voqea boʻlsa ham, balkim yolgʻon deb oʻylarsizlar, biroq men uchun anchagina esda qolarli voqealardan biri boʻldi

P/s: Ana shunday insonlar koʻpayaversin

@NOU_PRODUCTION
104 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, edited  15:08
Ochish/sharhlash
2021-10-27 18:24:05 Олтмишинчи йиллар латифаси

Қадим замонларда юрт подшосининг хазинасидан бебаҳо гавҳар йўқолибди. Бошқа юртлардан келган савдогарлар гумон билан ҳибсга олинибди. Атрофига қилич яланғочлаган соқчилар қўйилибди. Иттифоқо ўша юртга тўрт нафар ўзбек савдогари ҳам бориб қолган экан. Уларни ҳам ҳибсга олибдилар. Аммо тепасига соқчи қўйишмабди. Сабабини сўрашса, "Буларга соқчининг кераги йўқ, бири қутулмоқчи бўлса, иккинчиси тутиб беради" дебдилар...

Ўткир Ҳошимов
96 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, 15:24
Ochish/sharhlash
2021-10-21 19:08:29
114 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, 16:08
Ochish/sharhlash
2021-10-21 19:08:29
101 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, 16:08
Ochish/sharhlash
2021-10-19 17:49:37 Sardor Rahimxon bu qoʻshigʻini biz aytganimizni eshitsa rosa yigʻlaydi

@nou_production

Qaysi bir ovoz yoqdi?
98 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, edited  14:49
Ochish/sharhlash
2021-10-15 18:21:25 ​#kattahayotgaqadam Katta hayot boʻsagʻasidagi oʻylar Aziz kanalimiz obunachilari, bugun bir yaqin, qadrdon ukamizning oʻy-fikrlari taʼsirida bu postga qoʻl urdik. Uncha-muncha kamchiliklari boʻlsa bizning ham oddiy insonligimizga yoʻyarsiz. Bismillahir…
115 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, edited  15:21
Ochish/sharhlash
2021-10-15 18:18:10 ​#kattahayotgaqadam

Katta hayot boʻsagʻasidagi oʻylar

Aziz kanalimiz obunachilari, bugun bir yaqin, qadrdon ukamizning oʻy-fikrlari taʼsirida bu postga qoʻl urdik. Uncha-muncha kamchiliklari boʻlsa bizning ham oddiy insonligimizga yoʻyarsiz.

Bismillahir rohmanir rohiym!
Barchamiz qachonlardir bolalikning begʻubor va sokin kunlarini oʻyin-kulgi bilan mazza qilib oʻtkazgan edik. Bugun u kunlarni shunchaki, oʻtli sogʻinch va hissiyotlar bilan eslaymiz, qoʻmsaymiz. Lekin, oramizda hali ham bolalik kunlaridan voz kechgisi kelmay yashayotganlar bor, iloji boʻlsa katta boʻlmay bolalik oʻyinlaridan sarmast yashashsa...

Ammo vaqt yugurik, u uchqur, bizni kutmaydi, kimningdir ruhsorini kundan-kun goʻzallashtirib, kimningdir yuzlariga ajin chizib sochlarini oqqa boʻyaydi. Vaqt hammasini oʻz istaganiday bajaradi, biz istaganimizday emas...

Juda koʻp oʻtish davri oʻsmirlarining katta hayotga qadam qoʻyishi juda ogʻir kechadi, hayotning turfa xil yomgʻir-u doʻllariga duch kelishadi, qiynalishadi, siqilishadi. Kimlar va nimalardandir nolishadi va baʼzan sinib qolishadi...

Eh... Hayotning ilk boʻronlariga duchlashgan ukajonim! Seni tabriklayman, senga havasim keladi, chunki sen - Yoshsan...

Hayotning sinovi qanchalik ogʻir va ogʻriqli boʻlmasin, sen undan-da zoʻrroq kuchga egasan, sen bu kuch bilan istasang, butun borliqni zabt etishing mumkin. Hamma sinovlarni mot qilishing mumkin, chunki senda Yaratganning eng ulugʻ va yengilmas neʼmati bor. U - YOSHLIK!!!

Sen bu neʼmat bilan barchaning roziligiga va ikki dunyoning obodligiga erishishing mumkin. Sen oldingda turgan sinovlarga siqilma, chunki u Yaratganimizdan Senga berilgan tuhfadir. Alloh mehribon Zot, U bandasiga ozroq sinov yuborib, uni daf qiladigan undan-da zoʻrroq kuchni ham berib qoʻyadi!

Katta hayotga ilk bora qadam qoʻygan birodarlar, yiqilishdan qoʻrqmang, hayotda yiqilmagan odamning oʻzi yoʻq, hamma-hamma yiqilgan, faqat kimlardir yiqilgan-u qaytib turolmagan... Hayotda yiqilganlar emas, qaytib turolmaganlar yutqazadi. Agar bilsangiz yiqilmaslikning bir yoʻli bor,u ham boʻlsa qadam tashlamaslikdir...

Endi siz katta boʻlgan boʻlsangiz, hayotingizga yangi missiyalar kirib kelibdi, ulkan va sharafli burchlar paydo boʻlibdi. Deylik, ota-onaning mingyillik orzularini roʻyobga chiqarish, bir goʻzal sanamni baxtiyor etish va yurt oldidagi xizmatlaringizni aʼlo darajada bajarish...

Shuncha buyuk ishlar kutib turganda siz qoʻrqasizmi, chekinasizmi, siqilasizmi?!

Qoʻrquv va ishonchsizliklarni unutish sandigʻiga tashlab, jasorat mixlari bilan mixlab tashlang. Bu hayotda hech narsadan qoʻrqmang, ammo bir Zotdan qoʻrqing, shunda hayotingiz kitoblarda maqtaladigan , hamma havas qiladigan bir ajib hayotga aylanib qoladi!

Hasan O'saro'g'li
94 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, 15:18
Ochish/sharhlash
2021-10-01 19:55:31 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni barcha ustoz va murabbiylarimizga muborak boʻlishini tilab qolamiz

@nou_production
117 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, edited  16:55
Ochish/sharhlash
2021-09-26 15:04:36 #musictime

Eng sevgan musiqalarimdan biri

Bu oʻzbekchasi, "Sonuna kadar" turkcha varianti ham judayam zoʻr
140 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, edited  12:04
Ochish/sharhlash
2021-09-04 15:00:09
https://t.me/NOU_Production

Fikrlaringizni komentariyalarda kutamiz
217 views✩𝙹𝚞𝚛𝚗𝚊𝚕𝚒𝚜𝚝✩, 12:00
Ochish/sharhlash