Get Mystery Box with random crypto!

#voqea Bugun bir voqea boʻldi. Sinfimizda deyarli pul yigʻi | NOU Production

#voqea

Bugun bir voqea boʻldi. Sinfimizda deyarli pul yigʻiladigan ishlar boʻlsa oʻsha ishlarda men bosh boʻlaman, yaʼni men yigʻaman pullarni. Boya ham bir sinfdoshim menga 45 000 deb pul berdi, oʻqituvchimizga berishim kerak edi, sanadimmi yoki yoʻqmi eʼtibor bermabmanda oʻqituvchimizga 45 000 deb beribman Keyin oʻqituvchimiz oxirgi soatimizdan oldin kelib meni chaqirdi pul 35 000 ku dedi Men hayron qoldim, chunki sinfdoshimdan pulni olib sumkamga qanday solgan boʻlsam oʻqituvchimizga ham shunday bergandim Rosa oʻyladim, men pulni qoʻygan joyimdan tushib qolishini ham hech iloji yoʻq edi-da... Sal oldin, yaʼni boya oʻsha sinfdoshim yozib qoldi... Agar u yozmaganida men oʻzimni yonimdan toʻlar edim chunki sanab olmagan edim Ammo insofli sinfdoshlarim bor Bu qisqacha voqea boʻlsa ham, balkim yolgʻon deb oʻylarsizlar, biroq men uchun anchagina esda qolarli voqealardan biri boʻldi

P/s: Ana shunday insonlar koʻpayaversin

@NOU_PRODUCTION