Get Mystery Box with random crypto!

NeoPLAZMA_EDUCATION

Telegram kanalining logotibi neoplazma_education — NeoPLAZMA_EDUCATION N
Telegram kanalining logotibi neoplazma_education — NeoPLAZMA_EDUCATION
Kanal manzili: @neoplazma_education
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 186
Kanalning ta’rifi

@For_message_NeoPLAZMA

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-05-04 20:09:52 MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI!

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ta’lim muassasalarida ta’mirlash (remont) uchun, turli tadbir (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!

Agarda Siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  +998 73 2443118 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Shuningdek viloyatimiz shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining quyidagi ishonch telefon raqamlarida ham murojaat qilishingiz mumkin:

Marg‘ilon shahar MMTB   – 73 235 06 61
Farg‘ona shahar MMTB     – 73 244 33 43
Quvasoy shahar MMTB     – 73 372 12 98
Qo‘qon shahar MMTB       – 73 542 56 77
Bag‘dod tuman MMTB      – 73 479 19 90
Beshariq tuman MMTB      – 73 612 12 45
Buvayda tuman MMTB      – 73 529 11 65
Dang‘ara tuman MMTB     – 73 572 14 68
Yozyovon tuman MMTB    – 73 412 18 23
Oltiariq tuman MMTB        – 73 581 73 74
Qo‘shtepa tuman MMTB   – 73 422 56 43
Rishton tuman MMTB        – 73 452 17 67
So‘x tuman MMTB             – 73 462 50 74
Toshloq tuman MMTB        – 73 238 06 59
Uchko‘prik tuman MMTB   – 73 515 25 05
Farg‘ona tuman MMTB        – 73 353 01 76
Furqat tuman MMTB           – 73 549 11 48
O‘zbekiston tuman MMTB  – 73 539 15 30
Quva tuman MMTB             – 73 315 01 42

Murojaatingiz  haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 ga qadar qabul qilinadi.

Sizning murojaatingiz shaxsan boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risidagi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.

ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

Farg‘ona viloyati MMTB Axborot xizmati.
124 viewsHusniddin Aripov, 17:09
Ochish/sharhlash
2023-05-04 13:13:29
#Биласизми

Халқаро фан олимпиадалари ғолиблари ва уларнинг ўқитувчилари БҲМнинг қуйидаги миқдорларида бир марталик пул мукофотлари билан тақдирланиши белгиланган:

1-ўрин (олтин медаль) учун – 500 (165 млн сўм), ўқитувчисига – 450 баравари (148 млн 500 минг сўм);

2-ўрин (кумуш медаль) учун – 300 (99 млн сўм), ўқитувчисига – 250 баравари (82 млн 500 минг сўм);

3-ўрин (бронза медаль) учун – 200 (66 млн сўм), ўқитувчисига – 150 баравари (49 млн 500 минг сўм).

Шунингдек, халқаро олимпиада ғолиблари давлат ОТМга тест синовисиз ва қўшимча имтиҳонсиз кириш имкониятига эга бўлади.

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
111 viewsHusniddin Aripov, 10:13
Ochish/sharhlash
2023-05-04 12:49:33 Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
110 viewsHusniddin Aripov, 09:49
Ochish/sharhlash
2023-05-02 19:12:23 YANGI KONSTITUTSIYA

1-maydan kuchga kirgan «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi konstitutsiyaviy qonunning toʻliq matni.

Diqqat: Blokida HUQUQ fani borlarga yangi konstitutsiya bo'yicha savollar tushadi, misol uchun Yurisprudensiya yo'nalishiga.

Tarkibi:
Muqaddima
6 ta bo‘lim
27 ta bob
155 ta modda
118 viewsHusniddin Aripov, 16:12
Ochish/sharhlash
2023-05-02 06:40:30
125 viewsHusniddin Aripov, 03:40
Ochish/sharhlash
2023-05-02 05:58:50
Freon
127 viewsHusniddin Aripov, 02:58
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:12:17
66 viewsHusniddin Aripov, 06:12
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:04:16
Arximed qonuni biladigan qargʻa.

https://t.me/Rishton_Al_Xorazmiy_Fizika
64 viewsSherzodbek_ No'monov, 06:04
Ochish/sharhlash
2023-04-24 07:22:56 ​Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur.

2. Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor:
O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi,
Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.
73 viewsHusniddin Aripov, 04:22
Ochish/sharhlash
2023-04-23 18:36:23
88 viewsHusniddin Aripov, 15:36
Ochish/sharhlash