Get Mystery Box with random crypto!

Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim berg | NeoPLAZMA_EDUCATION

Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.