Get Mystery Box with random crypto!

Davlat dinsiz, jamiyat dindor bo'lishi kerak. Shavkat Mirziy | NeoJadid

Davlat dinsiz, jamiyat dindor bo'lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston prezidenti sifatida Saudiyaga qilgan rasmiy tashrifi mobaynida amalga oshirgan umra ziyoratlari uning shaxsiy ibodatidir. Bu ibodat jarayonini xalq pulidan moliyalashtiriladigan davlat mediasida keng yoritish va targ'ibot qilish notog'ri. Shuningdek, rasmiy nutq va xabarlarda amaldor va jurnalistlar "Payg'ambarimiz, muqaddas dinimiz" kabi mansublik iboralaridan tobora keng foydalanayotgani meni havotirga solyapti.

Leviafan bilan dinni chatishib ketishi hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Agarda kimdir bu chatishib ketish musulmonlar yoki din foydasiga bo'ladi deb xomtama bo'layotgan bo'lsa, demak, tarixni yaxshi bilmaydi. Va bu chatishib ketishdan faqatgina din yutkazadi.

Shuning uchun, Islom dinini iqtidorning xizmatkori va status-kvo himoyachisi emas, har qanday qullikdan ozod etuvchi din deb bilgan musulmon sifatida, men bu jarayonlarga qarshiman va yana bir bor qaytaraman: davlat dinsiz, jamiyat dindor bo'lishi kerak.

Bu, O'zbekistonda yashayotgan va soliq to'layotgan boshqa konfessiyadagi yoki dinsiz bo'lgan vatandoshlarimizga nisbatan ham adolatli bo'lar edi.