Get Mystery Box with random crypto!

Nemis tili grammatika🇩🇪

Telegram kanalining logotibi nemis_tili_grammatika — Nemis tili grammatika🇩🇪 N
Telegram kanalining logotibi nemis_tili_grammatika — Nemis tili grammatika🇩🇪
Kanal manzili: @nemis_tili_grammatika
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 09:39:27 Qisqa grammatika...

Sollen modal fe'li müssen dan farqli o'laroq sharoitdan, ma'lum qoida, o'zgalar maslahati iltimosi yoki xohishidan kelib chiqqan majburiyatni bildiradi!

Sie sollen mehr trainieren.
Siz ko'proq shug'ullanishingiz kerak.
3 viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:27
3 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:27
3 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:27
3 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:27
2 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:27
2 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:26

Assalomu aleykum,

Agar siz yaqin kelajakda Germaniyada o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, sizga TestDaF juda ham muhim. Ushbu Nemis tili sertifikati dunyo bo'yicha tan olingan sertifikatlardan biridir. Bugun sizga TestDaf ning tarkibiy qismlarini batafsil tushintiramiz o'tamiz.

TestDaF ning tarkibiy qismlari

Imtihon qismlari va Topshiriqlar: TestDaF 4 qismdan tashkil topgan. Ular quyidagilar:

O’qib tushunish

3 ta o’qib tushunish uchun matn, jami 30 baho
Mo’njallangan vaqt: 60 Min.

Eshitib tushunish

3 ta eshitish matni jami 25 baho
Mo’njallangan vaqt: tah. 40 Min.

Yozma ifoda

bitta mavzuni yozma ifoda e’tish
Mo’njallangan vaqt: 60 Min.

Og’zaki ifoda

Monolog shaklida bo'ladi va u 7 ta qismdan tashkil topgan
Mo’njallangan vaqt: tah. 35 Min. (yo’riqnoma bo‘ladi)



O'qib tushunish ko'nikmasi

Imtihonning ushbu qismida ishtirokchilar oliy o’quv yurtlari doirasidagi mavzuli va lingvistik ahamiyatga ega bo'lgan matnlarni o’qib tushunishlarini ko'rsatishlari kerak. Ular umumiy kontekstni va matnni detallarini tunishlari va shu orqali yashirin axborotni tushunib topshiriqlarni qayta ishlab chiqishlari kerak.
Imtihonning bu qismida har xil qiyinchilik darajalari bilan 3 ta turli xil matnlar (oliy o'quv yurtlari kundalik hayotidan qisqa matnlar, jurnalistik matnlar va ilmiy jurnalining maqolalari) mavjud.

Tinglash, tinglab tushunish ko'nikmasi

Test Sinovining bu qismida ishtirokchilar oliy o’quv doirasidagi mavzuli va lingvistik ahamiyatga ega bo'lgan audio matnlarni tushunishlarini ko'rsatishlari kerak bo’ladi. Uchta audio matn mavjud: Universitetdagi kundalik hayotdan suhbat, 3-4 qatnashchining radio intervyusi, ma'ruzachi yoki ekspertlar intervyulari. Ushbu matnlar turli qiyinchiliklarga ega va turli xil vazifalarni bajaradi (qisqa javoblar va to'g'ri / noto'g'ri vazifalar). Vazifalar umumiy kontekstni va uni detallarini, shuningdek yopiq axborotni tushunishdan iborat.

Yozma ifoda

Testning ushbu qismida ishtirokchilar aniq bir mavzu bo’yicha mantiqiy bo'glangan va grammatik - stilistik jihatdan matnlar tuzib matn shaklida yoza olishlarini ko'rsatishlari kerak bo'ladi. Matnning birinchi qismi grafik yoki jadvalning statistik ma'lumotlarini tasvirlash uchun mo'ljallangan.
Matnning ikkinchi qismida esa munozarali savollar bo'yicha aniq fikringizni talab qiladi.

Og'zaki ifoda

Imtihonning bu qismida qatnashchilar universitetdagi turli vaziyatlarda suhbatlasha olishlarini isbotlashlari kerak bo’ladi. Test turli xil qiyinchiliklardagi yetti vazifadan iborat. Assosan savollar universitet hayotidan beriladi: Misol uchun, o'quvchilar o'rtasida suhbat o'tkazing, seminarda grafikani ta'riflab bering, mavzuni sharhlab bering yoki farazlarni shakllantiring.

Og'zaki tushuntirish kompyuter laboratoriyasining ko'plab sinov markazlarida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar CD dan vazifalarni eshitishadi va ularni mashq kitobida o'qiydilar. Sizning javoblaringizni kompyuter avtomatik tarzda diskka saqlaydi.
Ishtirokchilar xonadagi boshqa ishtirokchilar bilan bir vaqtning o'zida sinovdan o'tishi kerak. Barcha qatnashchilar eshitish vositalariga ega bo’lishadi.

Ushbu imtihonning barcha mavzulari va topshiriqlari oliy o’quv yurtlari salohiyati darajasida.
3 viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:26
3 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:26

TestDaF - til sertifikati to’g’risida ma’lumotlar

Der Test Deutsch als Fremdsprache (TestDaF) - Nemis tili testi chet tili sifatida (o'rganuvchilar uchun) – hamma uchun - ya’ni, olmon tilida yaxshi bilimga ega bo’lgan va shu bilmini tekshirishni istaganlar uchun mo‘njallangan til ko’nikmasi bo’yicha topshiriladigan xalqaro imtixondir.

Kim oliy o’quv yurtida o’qishni xohlasa, u yetarli tildagi bilmini hujjat bilan isbotlashi kerak. Bu hujjatni ya’ni TestDaFni topshirish orqali olish ham mumkin. Ustavga ko’ra oliy o’quv yurtiga TDN 4 darajasi yetarli.

TestDaF 96 mamlakatda o’zining litsenziyalangan, ya’ni qonuniy ruhsat berilgan Test markazlarda topshirishingiz mumkin. Chet ellik a'riza beruvchilar, o’zlarining yurtlarida imtihon topshirishlari mumkin va buning uchun ular imkon qadar tezroq muddatidan oldin bironta test markazidan yaqindagi imtihon sanalarini, ro’yhatga olish sanalarini va imtixon uchun to’lanadigan badal haqida xabardor bo’lishlari kerak.

Ushbu til sertifikati, TestDaF instituti tomonidan, Bochumda qattiq sifat standartlariga muvofiq ravishda rivojlantiriladi va baholanadi.

Barcha imtihon topshiruvchilar bir xil vazifalarni bajaradilar.

4 ta ko'nikmadan to'plagan ballaringizni umumiylashtirib, 3 ta darajalardan biri beriladi.


• TestDaF 3 darajasi (TDN 3)
• TestDaF 4 darajasi (TDN 4)
• TestDaF 5 darajasi (TDN 5)




TestDaF sertifikatining maqsadi:

Germaniyada o'qishni istagan va buning uchun nemis tilidagi bilim darajalarini isbotlamoqchi talabalar uchun,

O'z mamlakatlarida nemis tilini bilishlarini hujjat bilan ko'rsatmoqchi talabar uchun,

Germaniyadagi universitetda qolishni va ularning til maqomini tekshirmoqchi bo'lgan olimlar uchun,

Nemis tilidagi bilimini ilmiy kasblar uchun isbotlashlari kerak bo'lgan barcha kishilar uchun,

Germaniyaga Evropa Ittifoqi dasturlari orqali o'qishga kelayotgan va kelgusida malakali til sertifikatini olishni istagan talabalar uchun.

Ushbu til sertifikatini topshirishdan oldin, siz nemis tilidan chuqur bilimlarga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi.

Ushbu testning bo'sh joy matnlari bilan nemis tilining taxminiy bahosi o'n daqiqada aniqlanadi.

DAAD stipendiya sovrindorlari uchun maslahat: Agar Germaniyada bo'lganingizda TestDaFni olishni istasangiz, DAAD bilan suhbatlashing. Siz imtixon topshirish uchun moliyaviy yordam olishingiz mumkin.

Germaniya universitetlariga o'qishga kirish

Imtihonning har bir qismida kamida TDN-4 ga ega bo'lgan imtihon ishtirokchilari Germaniyada o‘qishga kirish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
Albatta, bundan tashqari ilmiy va huquqiy talablar bir vaqtning o'zida bajarilishi kerak. TestDaF-dagi yutuqlar TDN-5ga baholangan bo'lsa, nemis tilidagi bilimlar o'rganishning boshlanishi uchun zarur darajadan yuqoridir.

Germaniyadagi ayrim universitetlarda, alohida o'quv dasturlari, imtihonning barcha qismlarida TDN-4 ga qaraganda past darajaga ega.
Har bir universitet o'zlarining qabul qilish tartib-qoidalariga ega. Nomzodlar TestDaF natijalarini universitetda yoki kerakli mavzudagi o'qish uchun talab qilinadigan joyga murojaat etishdan avval o'zlarini xabardor qilishi kerak.
Ma'lumotlar universitetlarning web-saytlarida yoki sprachnachweis.de sahifasida topish mumkin. Ushbu sahifada istalgan universitetda qaysi til uchun sertifikatlar yoki tilni o'rganish kerakligi ko'rsatilgan.
3 viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:39:26
3 views06:39
Ochish/sharhlash