Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum, Agar siz yaqin kelajakda Germaniyada o'qish | Nemis tili grammatika🇩🇪



Assalomu aleykum,

Agar siz yaqin kelajakda Germaniyada o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, sizga TestDaF juda ham muhim. Ushbu Nemis tili sertifikati dunyo bo'yicha tan olingan sertifikatlardan biridir. Bugun sizga TestDaf ning tarkibiy qismlarini batafsil tushintiramiz o'tamiz.

TestDaF ning tarkibiy qismlari

Imtihon qismlari va Topshiriqlar: TestDaF 4 qismdan tashkil topgan. Ular quyidagilar:

O’qib tushunish

3 ta o’qib tushunish uchun matn, jami 30 baho
Mo’njallangan vaqt: 60 Min.

Eshitib tushunish

3 ta eshitish matni jami 25 baho
Mo’njallangan vaqt: tah. 40 Min.

Yozma ifoda

bitta mavzuni yozma ifoda e’tish
Mo’njallangan vaqt: 60 Min.

Og’zaki ifoda

Monolog shaklida bo'ladi va u 7 ta qismdan tashkil topgan
Mo’njallangan vaqt: tah. 35 Min. (yo’riqnoma bo‘ladi)



O'qib tushunish ko'nikmasi

Imtihonning ushbu qismida ishtirokchilar oliy o’quv yurtlari doirasidagi mavzuli va lingvistik ahamiyatga ega bo'lgan matnlarni o’qib tushunishlarini ko'rsatishlari kerak. Ular umumiy kontekstni va matnni detallarini tunishlari va shu orqali yashirin axborotni tushunib topshiriqlarni qayta ishlab chiqishlari kerak.
Imtihonning bu qismida har xil qiyinchilik darajalari bilan 3 ta turli xil matnlar (oliy o'quv yurtlari kundalik hayotidan qisqa matnlar, jurnalistik matnlar va ilmiy jurnalining maqolalari) mavjud.

Tinglash, tinglab tushunish ko'nikmasi

Test Sinovining bu qismida ishtirokchilar oliy o’quv doirasidagi mavzuli va lingvistik ahamiyatga ega bo'lgan audio matnlarni tushunishlarini ko'rsatishlari kerak bo’ladi. Uchta audio matn mavjud: Universitetdagi kundalik hayotdan suhbat, 3-4 qatnashchining radio intervyusi, ma'ruzachi yoki ekspertlar intervyulari. Ushbu matnlar turli qiyinchiliklarga ega va turli xil vazifalarni bajaradi (qisqa javoblar va to'g'ri / noto'g'ri vazifalar). Vazifalar umumiy kontekstni va uni detallarini, shuningdek yopiq axborotni tushunishdan iborat.

Yozma ifoda

Testning ushbu qismida ishtirokchilar aniq bir mavzu bo’yicha mantiqiy bo'glangan va grammatik - stilistik jihatdan matnlar tuzib matn shaklida yoza olishlarini ko'rsatishlari kerak bo'ladi. Matnning birinchi qismi grafik yoki jadvalning statistik ma'lumotlarini tasvirlash uchun mo'ljallangan.
Matnning ikkinchi qismida esa munozarali savollar bo'yicha aniq fikringizni talab qiladi.

Og'zaki ifoda

Imtihonning bu qismida qatnashchilar universitetdagi turli vaziyatlarda suhbatlasha olishlarini isbotlashlari kerak bo’ladi. Test turli xil qiyinchiliklardagi yetti vazifadan iborat. Assosan savollar universitet hayotidan beriladi: Misol uchun, o'quvchilar o'rtasida suhbat o'tkazing, seminarda grafikani ta'riflab bering, mavzuni sharhlab bering yoki farazlarni shakllantiring.

Og'zaki tushuntirish kompyuter laboratoriyasining ko'plab sinov markazlarida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar CD dan vazifalarni eshitishadi va ularni mashq kitobida o'qiydilar. Sizning javoblaringizni kompyuter avtomatik tarzda diskka saqlaydi.
Ishtirokchilar xonadagi boshqa ishtirokchilar bilan bir vaqtning o'zida sinovdan o'tishi kerak. Barcha qatnashchilar eshitish vositalariga ega bo’lishadi.

Ushbu imtihonning barcha mavzulari va topshiriqlari oliy o’quv yurtlari salohiyati darajasida.