Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyada mehmonxonada ishlash istagida bo'lgan fuqarolar ishg | NAVOIY MIGRATSIYA

Turkiyada mehmonxonada ishlash istagida bo'lgan fuqarolar ishga taklif etiladi!

2023-yilning 24-fevral kuni soat 11:00 da Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning viloyatlardagi filiallarida suhbat tarzida bo’lib o’tadi.

Ish vaqti: 6/1 grafikda, kunlik 8 soat (qo’shimcha ishlash imkoniyati mavjud).

Ish haqi: 8500 turk lirasi (bonuslar, bayramlarda 2 barobar haq to’lanadi).

Talab etilayotgan kasblar:
1. Qabulxona xodimi (receptionist);
2. Ofitsiant;
3. Xona tozalovchi;
4. Mehmonxona hududi tozalovchisi;
5. Oshpaz yordamchisi;
6. İdish-tovoq yuvuvchi va boshqalar.

Ish beruvchi tomonidan:
* O'zbekistondan Turkiyaga borish va qaytish aviachiptalari;
* Rasmiy ishlash ruxsatnomasi;
* Bank oylik plastik kartasi;
* Yashash joyi;
* Uch mahal issiq ovqat;
* Sug‘urta;
* Ishga borib-kelish uchun transport;
* Maxsus kiyim;
* Tibbiy xizmat.

Nomzodlar uchun talablar:
18-45 yosh;
odamlar bilan muloqot qilish va yuqori ish qobiliyati;
sudlanmagan bo‘lishi;
Til bilish talab qilinmaydi.

Anketani yuklab olish

Toshkent shahriga kelishi imkoni bo’lmagan fuqarolar telegram sahifasining (@turkiya33) manziliga to'ldirilgan anketani yuborishi mumkin.

Ro’yxatdan o’tish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 71-202-33-55 (ichki raqam 54).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt