Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada turizm sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar | NAVOIY MIGRATSIYA

Germaniyada turizm sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning "ConsultingUz" tashkiloti orqali "EUROPA-PARK GmbH" kompaniyasida mehmonxona, restoran, oshxona sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

Nemis tilini kamida B1 darajada bilish (sertifikat talab qilinmaydi);
18-40 yosh;
sudlanmagan;
jismonan sog‘lom;
xushmuomalalik va jamoaga tez kirishimlilik;
sinov muddati 6 oy.

Quyidagi sohalardan birida diplom:
turizm menejmenti;
mehmonxona ishi;
oziq-ovqat texnologiyalari;
xalqaro turizm;
menejment;
germanistika;
lingvistika;
iqtisodchi;
biznesni boshqarish
ingliz tili;
nemis tili;
fransuz tili.

Loyihaning afzalliklari:

Oylik 2200 € (brutto)dan boshlab va mehnat sharoitlari nemislar bilan bir xil (oylik, sug‘urta, taʼtil);
O‘zbekistondan Germaniyaga bir tomonlama aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;
arzonlashtirilgan turar-joy bilan taʼminlash.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

1. Tarjimai hol (nemis yoki ingliz tilida);
2. Yuqoridagi sohalardan birini bitirganlik haqida diplom (4-bosqich talabasi diplomni olgandan so‘ng ham jo‘natishi mumkin);
3. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Muhim: Nemis tilini bilmaydiganlar Namangan, Farg‘ona, Buxoro va Navoiy shaharlarida tashkil qilingan nemis tili o‘qitish markazlarida B1 daraja olishlariga ko‘maklashiladi.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 71-202-33-55, (1282 qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt