Get Mystery Box with random crypto!

“TA’LIM VA MUTAXASSISLIK” XXIII XALQARO KO‘RGAZMASI NAVOIYDA | Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

“TA’LIM VA MUTAXASSISLIK” XXIII XALQARO KO‘RGAZMASI NAVOIYDA

Joriy yilning 12-aprel kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Ta’lim marafoni” tashkil etildi.

Marafon doirasida "MY FAIR" MChJ tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun “Ta’lim va mutaxassislik” XXIII xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda Navoiy shahar, Karmana va Navbahor tumanlaridagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada o‘quvchilar faol qatnashib, xalqaro oliy ta’lim muassalarining yo‘nalishlari hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.