Get Mystery Box with random crypto!

RASMIY MUNOSABAT Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’li | Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

RASMIY MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiy. Quyosh panellari va xo‘rlanayotgan o‘qituvchilar” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Unda qayd etilgan ma’lumotlar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va boshqa mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, ushbu holatga Qiziltepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining xodimi O. E. tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, hozirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, mazkur masala bo‘yicha vazirlik yoki boshqarma tomonidan hududiy bo‘limlarga va tizimdagi tashkilot (muassasa) rahbarlariga hech qanday ko‘rsatmalar berilmagan, majburiy mehnatni har qanday ko‘rinishini qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu bilan birga kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli rahbar va mas’ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berilib, ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Bundan tashqari, mazkur holat vakolatli organlar tomonidan ham tegishli tartibda o‘rganib chiqilmoqda.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim muassasalarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.