Get Mystery Box with random crypto!

Maktab bitiruvchilari uchun nufuzli IT universitetlarining imk | Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

Maktab bitiruvchilari uchun nufuzli IT universitetlarining imkoniyatlari taqdim etiladi

Joriy yilning 12-aprel kuni soat 12:00da maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida yurtimizdagi IT universitetlari vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Unda IT sohasida kadrlar tayyorlovchi quyidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdimotlar qilinadi:

Yangi O‘zbekiston Universiteti;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Toshkent shahridagi INHA universiteti;
Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
Toshkent xalqaro taʼlim universiteti;
“IT Park University” universiteti

Taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirish mumkin:
https://youtube.com/live/EwgnsbBo_4M?feature=share


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram