Get Mystery Box with random crypto!

#Yurist_maslahati Bog’chaga qabul qilishda pedagoglarning bo | Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

#Yurist_maslahati

Bog’chaga qabul qilishda pedagoglarning bolalari uchun ustunlik mavjudmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son Qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq pedagoglarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbatga qo'yish huquqiga ega.

Buning uchun pedagog ota-onalar o‘z bolalarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda yo‘llanmalar olish uchun ustunlik huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatgan holda davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram