Get Mystery Box with random crypto!

Psixogen impotentlik (yoki psixogen frigidlik) Biz bilgan fiz | Nargiza Jalil

Psixogen impotentlik (yoki psixogen frigidlik)

Biz bilgan fiziologik impotensiya va frigidlikdan tashqari, psixogen impotensiya va psixogen frigidlik mavjud. Bunda, impotensiya va frigidlik faqat insonni miyasida va aynan bir kishiga nisbatan vujudga keladi.

Buning asosiy sababi qilib, juftlikdagi emotsional yaqinlikning yo'qligi, bir taraf ikkinchi tarafni (!ehtimol) juda ko'p xafa qilganligi, oilada arzimas narsalardan (odatda) bir tarafning aybi bilan janjallar ko'p bo'lishi deb aytiladi. Natijada partnyorlardan birining aynan juftiga nisbatan sovub qolishi kuzatiladi. Psixogen impotensiya (yoki psixogen frigidlikda) erkak (yoki ayol) fiziologik jihatdan mutlaqo sog'lom, jinsiy hayot uchun yaroqli bo'ladi va qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan qiziqish so'nmagan bo'ladi.

Yechim: munosabatlar ustida o'zaro ishlash. Ko'proq bu haqida suhbatlashish va aynan kimning qanday hatti-harakatlari bunga sabab bo'layotganini aniqlash va bartaraf etish. Bunda psixolog yordamidan foydalanish sizga eng katta resurs — vaqtingizni tejashga va muammo sababini aniqlashda xatoga yo'l qo'ymaslikka yordam beradi.

Xon Qizi