Get Mystery Box with random crypto!

Ayollarga nasihat! • Uy ishlarini qilmasam ham boʻladi, kitob | Nargiza Jalil

Ayollarga nasihat!

• Uy ishlarini qilmasam ham boʻladi, kitobda oʻqidim;
• Bir haftada bir marta erimdan soʻramasdan ota-onamning uylariga borib kelaman. Bu dinda bor ekan;
• Ilmni uyga qamalib, erimning xizmatini qilish, qaynona-qaynotamga qarash uchun olmaganman.

Baʼzi ayollar Misrda, ma'hadda yo shunga oʻxshash diniy bilim yurtlarida oʻqib, turmushga chiqish arafsida yoki oila qurib boʻlganidan keyin eriga yuqoridagi kabi shartlarni qoʻyishlarini kuzatamiz. Shu ishlar ortidan koʻp oilalar ajrab ketishiga ham guvoh bo'lganmiz.

Aslida dinda nima deyilgan? Ayol erining, qaynonasining, oʻzi umuman, uyning xizmatlarini qilishi kerakmasmi? Ayol bir haftada bir marta eridan soʻroqsiz qizlik uyiga borib kelishi mumkinmi?

Husaynxon qori tomonidan aytilgan ayollarga oid shu va boshqa masalalarni tez kunda sahifamiz orqali tinglaysiz, inshaalloh.

Dinga toʻliqligicha kiring va toʻliqligicha amal qiling. Bitta hadisni chala oʻqib olib, oʻzingizning ra'yingiz bilan ish koʻrmang.

@hasanhusayn